Yangiliklar sahifasiga qaytish

Baraka ilovasida yangilanish: virtual karta va 6 ta yangi ijtimoiy xizmat!

12.10.2026

Baraka ilovasida yangilanish: virtual karta va 6 ta yangi ijtimoiy xizmat!

Baraka ilovasi foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratish va raqamli ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda davom etadi. Ilovaning navbatdagi yangilanishida moliyaviy amallarni soddalashtiruvchi funksiyalar hamda foydalanuvchilar  uchun muhim bo‘lgan bir qator yangi ijtimoiy imkoniyatlar taqdim etdik. 

Ilovaga qo‘shilgan asosiy yangiliklar va ularning afzalliklari bilan tanishing.

 Xalq banki foydalanuvchilari uchun moliya va ro‘yxatdan o‘tish qulayliklari

Yangilanishda bank xizmatlaridan foydalanish jarayoni yanada tezkor va qulay holatga keltirdik:

Darhol virtual karta ochish.  Endilikda Xalq bankini tanlagan foydalanuvchilar jismoniy kartani buyurtma qilishdan oldin ilovaning o‘zida virtual karta ocha olishadi. Bu imkoniyat ilovadan darhol foydalanishni boshlash imkonini beradi. Hozirgacha bu faqa Aloqabank orqali karta ochishda amal qilardi. 

Telefon raqamni tezkor yangilash. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida Xalq banki telefon raqamini o‘zgartirish va yangilash imkoniyati yaratildi.

 6 ta yangi ijtimoiy to‘lov va yordam xizmati

Baraka ilovasi orqali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi yana ham osonlashdi. Endi ilovada quyidagi 6 ta yangi ijtimoiy to‘lov va yordamga ariza topshirishingiz mumkin:

  1. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport turlari bo‘yicha yo‘llanma olish uchun ariza (bepul mashg‘ulotlar)
  2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni (1 va 2-guruh) ishga qabul qiluvchi tashkilotlar uchun bandlikni qo‘llab-quvvatlash va subsidiyalar olish uchun ariza
  3. Nogironlarni (1 va 2-guruh) ishga qabul qilgan tashkilotlar uchun ularning ishini moslashtirish uchun subsidiyalar olish uchun ariza
  4. 1-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun transport vositalarini qayta jihozlash bo‘yicha kompensatsiya olish uchun ariza
  5. Kunduzgi parvarishlash xizmatlari tashkilotlariga ruxsatnoma berish uchun ariza
  6. Bolalarga kunduzgi parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tashkilotlarga ruxsatnoma berish uchun ariza

Barcha yangilik va qulayliklardan to‘liq foydalanish uchun Baraka ilovasini Play Market yoki App Store orqali yangilang.