Bo'lim: Ilova yangiliklari

Baraka

Baraka ilovasida yangi funksiyalar ishga tushdi

Baraka mobil ilovasiga yangiliklar kiritdik. Ilovaga ijtimoiy xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirish hamda moliyaviy operatsiyalarni qulaylashtirishga qaratilgan qator yangi funksiyalar qo’shdik. 

Quyida ilovaga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin:

Ijtimoiy xizmatlar va sug‘urta tizimidagi yangiliklar

Ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallari. Endilikda foydalanuvchilar ilova orqali nafaqat o‘zlari, balki boshqa shaxslar (oilalar va yaqinlari) uchun ham ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini masofadan turib to‘lashlari mumkin.

Imtiyozlar bo‘limining kengaytirilishi. Ilovaning imtiyozlar bo‘limi orqali Davlat ijtimoiy xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashdi. Endi foydalanuvchilar quyidagi xizmatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza yuborish imkoniyatiga ega:

Ijtimoiy reyestrga kiritish va chiqarish;

Bolalar nafaqasini tayinlash.

Sun’iy intellekt asosidagi yordamchi. Foydalanuvchilarga ularning ehtiyojlariga mos keladigan ijtimoiy xizmatlarni aniqlash va qidirishda ko‘maklashuvchi sun’iy intellekt tizimi integratsiya qilindi.

Bank kartalari va pul o‘tkazmalari tizimidagi qulayliklar

Baraka kartalarini rasmiylashtirish. Baraka kartasini chiqarish (ochish) yoki uni qayta chiqarish uchun to‘lovlarni nafaqat mavjud Baraka kartalari, balki milliy to‘lov tizimining Uzcard va Humo bank kartalari orqali ham amalga oshirish funksiyasi joriy etildi.

Kartalar boshqaruvi va P2P o‘tkazmalar. Foydalanuvchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan bir nechta bank kartalarini ilovaga biriktirishlari, ular o‘rtasida o‘zaro (P2P) pul o‘tkazmalarini bajarishlari hamda Baraka kartalari balansini tezkor ravishda to‘ldirishlari mumkin.

Shaffoflik va xavfsizlik. Kartadan kartaga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari xavfsizligini ta’minlash hamda xatoliklarning oldini olish maqsadida, endilikda elektron cheklarda (kvitansiyalarda) jo‘natuvchi va qabul qiluvchining ismi-sharifi hamda tegishli ma’lumotlari to‘liq aks ettiriladi.

Baraka jamoasi ilova funksionalini doimiy ravishda takomillashtirish va foydalanuvchilar uchun xavfsiz hamda zamonaviy raqamli xizmatlarni taqdim etish ustida ishlashda davom etadi.

Yuqorida qayd etilgan barcha yangi imkoniyatlar va qulayliklardan foydalanish uchun mobil ilovani Google Play yoki App Store orqali yangilang. [Ilovani yuklab olish]

 

Baraka bilan pul o‘tkazmalari komissiyasini 0 foizgacha tushiring!

Zamonaviy hayotni pul o‘tkazmalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Farzandingizga talabalik puli yuborish, yaqinlaringizga moddiy ko‘mak berish yoki shunchaki kartadan kartaga pul o‘tkazish — bularning barchasi Baraka ilovasida bir necha soniya vaqt oladi.

Lekin siz pul o‘tkazmalarida komissiya tariflarini to‘g‘ri tanlash orqali pulingizni tejashingiz mumkinligini bilarmidingiz? Keling, Baraka ilovasidagi eng foydali tariflarni ko‘rib chiqamiz.

Baraka kartalariaro 0% komissiya

Baraka ijtimoiy kartalari nafaqat nafaqa olish, balki pul o‘tkazmalarini eng arzon, hatto bepul amalga oshirish uchun ham mo‘ljallangan. Quyida komissiyalar bilan tanishing:

0% — mutlaqo bepul

Agar siz bir bank doirasida bir Baraka kartasidan ikkinchisiga pul o‘tkazsangiz, xizmat haqi olinmaydi:

0.5% — imtiyozli tarif

Baraka kartangizdan boshqa bank kartalariga pul yuborsangiz, komissiya odatdagidan deyarli ikki baravar past bo‘ladi:

Baraka boshqalardan farq qiladi

Odatda kartadan kartaga pul o‘tkazish komissiyasi boshqa ilovalarda 1% gacha yetadi. Baraka kartasi bilan esa:

  1. Bir xil bank ichida pul o‘tkazib, komissiyadan butkul qutulasiz.
  2. Boshqa kartalarga yuborganda esa kamida 0.5% mablag‘ingizni tejab qolasiz.

Misol uchun: 1 000 000 so‘m o‘tkazsangiz, oddiy kartada 10 000 so‘m to‘lasangiz, Baraka kartasida bu bor-yo‘g‘i 5 000 so‘m bo‘ladi yoki mutlaqo bepul amalga oshiriladi.

Bankomatlardan naqd pul yechish

Shuni yodda tutingki, bankomatdan naqd pul yechishda komissiya miqdori Baraka emas, balki bankomatni o‘rnatgan bank tomonidan mustaqil belgilanadi.

Pulingizni tejash uchun Baraka kartangiz qaysi bankka tegishli bo‘lsa (masalan, Aloqabank, Xalq banki), imkon qadar o‘sha bankning o‘z bankomatlaridan foydalanishga harakat qiling. Bankomat ekranda pul berishdan oldin komissiya miqdorini ko‘rsatadi — har doim tranzaksiyani tasdiqlashdan avval ekranga e’tibor bering.

Nima uchun aynan Baraka ilovasi?

Pul o‘tkazmasi ko‘z ochib yumguncha manzilga yetib boradi. 

Har bir tranzaksiya davlat standartlari asosida himoyalangan. 

Yashirin komissiyalar yo‘q. Siz pul yuborishdan oldin qancha xizmat haqi olinishini aniq ko‘rib turasiz.

Agar sizda ijtimoiy nafaqa kartalari bo‘lsa, ulardan pul o‘tkazishda foydalanib, komissiyani 0.5% gacha tushirishingiz mumkin. Bu har bir o‘tkazmada salkam ikki baravar tejamkorlik deganidir! . Hoziroq Baraka mobil ilovasini yuklab oling va aqlli o‘tkazmalarni boshlang.

70dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamga Baraka ilovasidan ariza topshiring!

Endi Baraka ilovangiz orqali 70 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamga ariza jo’nata olasiz. Eng muhimi, arizangiz holati va natijasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova ichida kuzatasiz. Buning uchun ilovaga “Mening arizalarim” bo‘limini qo’shdik.

Raqamli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida, Baraka ilovasiga yana bir qulaylik qo’shdik. Bu bilan nafaqat ariza topshirish jarayonini soddalashtirdik, balki foydalanuvchilarga o‘z murojaatlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish imkonini beruvchi “Mening arizalarim” bo‘limini ham qo’shdik.

Arizani qanday topshirasiz?

 “Mening arizalarim” bo‘limi

Ilovaga qo‘shilgan yangi bo‘lim orqali foydalanuvchilarimiz har bir topshirilgan arizaning holatini (ko‘rib chiqilmoqda, tasdiqlandi yoki rad etildi) va yakuniy natijasini masofadan turib kuzatib borishlari mumkin. Bu turli idoralarga borish va ortiqcha vaqt sarflash zaruriyatini yo‘qotadi.

Bizga 6 000 dan ortiq mijoz ishonch bildirdi

Bugungi kunga kelib, 6 mingdan ortiq faol foydalanuvchi o‘z ijtimoiy xizmat va yoprdamlarga arizasini Baraka ilovasiga ishonib topshirmoqda. 70 dan ortiq xizmat turlarining mavjudligi esa jamiyatning barcha qatlamlari uchun zarur yordamni qamrab olish imkonini beradi.

Bizning maqsadimiz — ijtimoiy himoyani har bir fuqaro uchun ochiq, shaffof va eng asosiysi, bir necha soniyada erishish mumkin bo’lgan xizmatga aylantirishdir.

Baraka jamoasi ilovani yanada takomillashtirish va xizmatlar sonini oshirishda davom etadi. Ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishni hoziroq boshlash uchun Baraka ilovasini yuklab oling!

Baraka — ijtimoiy xizmatlar endi yanada yaqin!