Baraka mobil ilovasiga yangiliklar kiritdik. Ilovaga ijtimoiy xizmatlardan foydalanish jarayonini soddalashtirish hamda moliyaviy operatsiyalarni qulaylashtirishga qaratilgan qator yangi funksiyalar qo’shdik.
Quyida ilovaga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin:
Ijtimoiy xizmatlar va sug‘urta tizimidagi yangiliklar
Ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallari. Endilikda foydalanuvchilar ilova orqali nafaqat o‘zlari, balki boshqa shaxslar (oilalar va yaqinlari) uchun ham ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini masofadan turib to‘lashlari mumkin.
Imtiyozlar bo‘limining kengaytirilishi. Ilovaning imtiyozlar bo‘limi orqali Davlat ijtimoiy xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashdi. Endi foydalanuvchilar quyidagi xizmatlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ariza yuborish imkoniyatiga ega:
Ijtimoiy reyestrga kiritish va chiqarish;
Bolalar nafaqasini tayinlash.
Sun’iy intellekt asosidagi yordamchi. Foydalanuvchilarga ularning ehtiyojlariga mos keladigan ijtimoiy xizmatlarni aniqlash va qidirishda ko‘maklashuvchi sun’iy intellekt tizimi integratsiya qilindi.
Bank kartalari va pul o‘tkazmalari tizimidagi qulayliklar
Baraka kartalarini rasmiylashtirish. Baraka kartasini chiqarish (ochish) yoki uni qayta chiqarish uchun to‘lovlarni nafaqat mavjud Baraka kartalari, balki milliy to‘lov tizimining Uzcard va Humo bank kartalari orqali ham amalga oshirish funksiyasi joriy etildi.
Kartalar boshqaruvi va P2P o‘tkazmalar. Foydalanuvchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan bir nechta bank kartalarini ilovaga biriktirishlari, ular o‘rtasida o‘zaro (P2P) pul o‘tkazmalarini bajarishlari hamda Baraka kartalari balansini tezkor ravishda to‘ldirishlari mumkin.
Shaffoflik va xavfsizlik. Kartadan kartaga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari xavfsizligini ta’minlash hamda xatoliklarning oldini olish maqsadida, endilikda elektron cheklarda (kvitansiyalarda) jo‘natuvchi va qabul qiluvchining ismi-sharifi hamda tegishli ma’lumotlari to‘liq aks ettiriladi.
Baraka jamoasi ilova funksionalini doimiy ravishda takomillashtirish va foydalanuvchilar uchun xavfsiz hamda zamonaviy raqamli xizmatlarni taqdim etish ustida ishlashda davom etadi.
Yuqorida qayd etilgan barcha yangi imkoniyatlar va qulayliklardan foydalanish uchun mobil ilovani Google Play yoki App Store orqali yangilang. [Ilovani yuklab olish]