Welfare Tag: Yordam

Kiyim-kechak vaucheri (vaucher) o‘zi nima?

Bu kiyim-kechak va boshqa eng zarur tovarlarni davlat tomonidan qoplab beriladigan mablag‘lar hisobidan xarid qilish imkonini beruvchi, QR-kodli elektron hujjatdir (3-band).

Kiyim-kechak uchun vaucherni rasmiylashtirish muddati qancha?

Murojaat tushgan kundan boshlab ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va «Mahalla yettiligi» qarori qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Ushbu yordamning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.

Agar tanlangan mahsulot vaucher summasidan qimmat bo’lsa-chi?

Bunday holda o‘rtadagi farqni yordam oluvchi o‘z hisobidan to‘lashi lozim. Aks holda sotuvchi buyurtmani rad etishi mumkin (40-band).

Murojaat qanday tasdiqlanadi?

Mahsulotlar yetkazib berilgach, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma’lum qilishi orqali xarid yakunlanadi (37-band).

Mahsulotlar uyga yetkazib beriladimi?

Ha. Sotuvchi (tadbirkor) oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli va o‘z vaqtida yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’uldir (45-band).

Vaucherni naqd pulga almashtirsa bo’ladimi?

Yo‘q. Vaucher faqat belgilangan turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni naqdlashtirish taqiqlanadi.

Mahsulotlarni qayerdan sotib olish mumkin?

«Ijtimoiy himoya» ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sovtuvchilardan (do’konlardan) elektron savdo platformasi orqali xarid qilinadi (6, 24-bandlar).

Vaucherning amal qilish muddati qancha?

Vaucher rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qiladi. Shu muddatda undan foydalanish shart (3-band).

Oziq-ovqat vaucheri (vaucher) ozi o’zi nima?

Bu eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarini davlat subsidiyasi hisobidan xarid qilish imkonini beruvchi, QR-kodli elektron hujjatdir (3-band).