Welfare Tag: Kepillik

Ota-onani bedarak yo‘qolgan deb topish uchun kim sudga ariza beradi?

Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. Buning uchun voyaga yetmaganning qonuniy vakili yohud ….Vasiylik va homiylik organi hisoblangan “Inson” markazi voyaga yetmagan bolaning manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza kiritadi (1-ilova, 6-band).

Murojaat qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

Ota-onasi yo‘qligi haqida ma’lumot kelib tushgach, “Inson” markazi 3 ish kuni ichida bolaning holatini o‘rganadi va bolaning qonuniy vakilini belgilash choralarini ko‘radi (893-sonli VMQ, 2-ilova, 8-band). Shu bilan birga, qonunchilik tartibida manfaatdor shaxs topilmasa, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib shaxsning qidiruvini so‘raydi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori hamda Prezidentning PF-185-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 33-moddasi