Welfare Category: Ijtimoiy reyestr (kam ta’minlangan va kambag‘al oilalar)

Moslashtirish doirasida qanday ishlar amalga oshiriladi?

Kirish yo‘liga pandus qo‘yish, oshxona, yotoqxona va yuvinish xonalariga tutqichlar (poruchniy) o‘rnatish, eshiklarni kengaytirish va boshqa texnik moslamalar o‘rnatish (32-band).

Moslashtirish uchun yordam qanday shaklda ko‘rsatiladi?

Yordam oluvchi o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, moslashtirish uchun zarur qurilish materiallari va uskunalarini vaucher asosida elektron savdo platformasidan xarid qiladi (6, 24-bandlar).

Uy-joyni moslashtirish xizmati o‘zi nima?

Bu nogironligi bo‘lgan va harakati cheklangan shaxslarning uyida to‘siqsiz harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish (pandus o‘rnatish, tutqichlar qo‘yish va h.k.) tadbiridir.

Yordam miqdori qanday belgilanadi?

Oila ehtiyoji va uyning holatidan kelib chiqib, mahalla uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida “Mahalla yettiligi” tomonidan belgilanadi (18-band).

Qaysi holda ushbu yordam berilmaydi?

Agar uy-joyni ta’mirlash xarajatlari ayni shu maqsad uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki boshqa manbalar hisobidan qoplangan bo‘lsa (12-band).

Qurilish materiallari uyga yetkazib beriladimi?

Ha. Sotuvchi (tadbirkor) tanlangan qurilish materiallarini yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’uldir (45-band).

Kimlar uy-joyini ta’mirlash uchun yordam olishi mumkin?

Uy-joyni taʼmirlash uchun — Ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki oylik oʻrtacha jami daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravarigacha boʻlgan oilalar.

Vaucherning amal qilish muddati qancha?

Qurilish materiallari uchun berilgan vaucher rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qiladi (3-band).

Vaucher orqali qurilish materiallarini qanday olish mumkin?

Yordam oluvchi “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi orqali materiallarni o‘zi tanlaydi (6, 37-bandlar).

Yordam qanday shaklda ko‘rsatiladi?

Uy-joyni ta’mirlash yoki tiklash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari vaucher asosida taqdim etiladi (6, 24-bandlar).