Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar
Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va “Mahalla yettiligi” tomonidan jamoaviy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ha. Nizomning 13-bandiga ko’ra, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi mablag’lari Hukumat va Agentlik qarorlariga binoan ro’yxatda bo’lmagan boshqa ijtimoiy maqsadlarga, shu jumladan kommunal to’lovlar uchun ham yo’naltirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.
Materiallar yoki moslamalar yetkazib berilgach, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma’lum qilishi orqali jarayon yakunlanadi (37-band).
Agar uy-joyni moslashtirish xarajatlari ayni shu davr uchun boshqa ijtimoiy dasturlar yoki manbalar hisobidan qoplangan bo‘lsa, takroran yordam berilmaydi (12-band).
Ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va “Mahalla yettiligi” tomonidan jamoaviy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ha. Tanlangan qurilish materiallari va uskunalarini sotuvchi (tadbirkor) yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’ul hisoblanadi (45-band).
Moslashtirish uchun ajratilgan vaucher rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qiladi (3-band).
Yashash sharoitini moslashtirish uchun — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan shaxslar. Bunda oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar Ijtimoiy reyestrda turishi yoki oylik oʻrtacha jami daromadi oila aʼzolarining har biriga minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilaning aʼzosi boʻlishi lozim.