Baraka kartasi yordamida endi siz ijtimoiy xizmatlardan tez, shaffof va qog‘ozlarsiz foydalanishingiz mumkin. Ijtimoiy karta quyidagi vazifalarni bajaradi:
- bank kartasi;
- transport kartasi, shu jumladan, imtiyozli transport kartasi;
- davlat ijtimoiy himoya yordamlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjat;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifasiga yoki guruhiga mansubligini tasdiqlovchi hujjat;
- tovarlar (ishlar, xizmatlar), dori vositalari va tibbiy xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini belgilangan tartibda qaytarish bank kartasi;
- protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun vaucher yoki ijtimoiy to‘lovlar hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar);
Shuningdek, karta quyidagilar uchun hisob vositasi vazifasini bajaradi:
- tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan taqdim etilgan chegirmalar, bonuslar va boshqa sodiqlik dasturlari bo‘yicha;
- kirish chiptasi operatsiyalari tizimi asosida imtiyozli, bepul yoki qisman haq to‘lash asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy ob’yektlariga, konsertlar, ko‘ngilochar tomoshalar va boshqa tadbirlarga borish huquqini tasdiqlash:
- ijtimoiy himoya muassasalariga kirish va chiqish bo‘yicha. !Ijtimoiy karta qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.