Back to News page

Endi dekret pullari Baraka ijtimoiy kartangizga tushirib beriladi

16.01.2026

Endi dekret pullari Baraka ijtimoiy kartangizga tushirib beriladi

Oldin homiladorlik va tug‘ish nafaqasi(dekret puli) faqat budjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga davlat tomonidan to’lanar edi. Hozir bu imkoniyatdan xususiy sektorda ishlaydigan ayollar ham foydalana oladi.

2026-yil 1-yanvardan kiritilgan o’zgartirishlar

Ilgari dekret pullarini korxona (ish beruvchi) hisoblab, o‘z yonidan to‘lar edi. Bu esa ko‘pincha tadbirkorlar uchun ortiqcha yuk yoki ayollarni ishga olishda to‘siq bo‘lib kelayotgan edi.

Bu tizim 2026 yildan boshlab quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinmoqda:

  • Mehnat kodeksi (404-modda);
  • «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi Qonun;
  • Vazirlar Mahkamasining 796-sonli qarori.

Kimlar nafaqa olish huqiqiga ega?

Quyidagi ayollar kamida 10 oy sug‘urta stajiga ega bo‘lgan taqdirda, dekret puli to’lanadi: 

* rasmiy mehnat shartnomasi asosida ishlovchi ayollar;

* fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlovchi ayollar;

* ixtiyoriy ravishda davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lab kelayotgan ayollar.

Dekret pulingizni olish osonlashdi

Dekret pulini olish uchun murojaat qilish juda oddiy. Homiladorlik davrida ayol o’zi ro’yxatda turgan poliklinikaga boradi. Shifokor ko’rigidan so’ng, Sog’liqni saqlash vazirligining elektron tizimida “mehnatga layoqatsizlik varaqasi” (bolnichniy) ochiladi. Bunda hech qanday qog’oz varaqcha berilmaydi, hammasi raqamli bo’ladi.

Dekret puli qanday hisoblanadi?

Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tizimi ayolning ish stajini tekshiradi va tegishli foizni aniqlab, avtomatik nafaqa miqdorini hisoblaydi. Buning uchun ayoldan hech qanday ariza talab etilmaydi. Nafaqa miqdori ayolning necha oy yoki yil sug‘urta stajiga (ish stajiga) ega ekanligiga qarab hisoblanadi. Agentlik tizimi ayolning ish stajini tekshiradi va tegishli foizni (75%, 85% yoki 100%) qo’llab, nafaqa miqdorini hisoblaydi. Buning uchun ayoldan hech qanday ariza talab etilmaydi.

Nafaqa miqdori ayolning necha oy yoki yil sug‘urta stajiga (ish stajiga) ega ekanligiga qarab hisoblanadi. Sug‘urta stajiga ko’ra, nafaqa miqdori quyidagicha to’lanadi:

10 oydan 24 oygacha — 75 %

25 oydan 60 oygacha — 85 %

61 oydan ortiq — 100 %.

Dekret puli qaysi kartaga tushiriladi? 

Hisoblangan mablag‘ ayolning Baraka kartasiga avtomatik tushirib beriladi.

Baraka kartasi bo‘lmasa ayolning mavjud plastik (HUMO, UZKARD) kartasiga tushiriladi.

Baraka kartasi bo‘lmagan hollarda, fuqaroga avtomatik ravishda virtual Baraka kartasi ochilishi va pul shunga o‘tkazilishi ham mumkin. Bu haqida ayolga sms xabarnoma boradi. Ayol faqat Baraka ilovasini yuklab olib, ro‘yxatdan o‘tishi kifoya.

Ma’lumot uchun, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi — ayollarga 126 kun( tug‘ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda esa 140 kun)  — tug‘ruqqacha (odatda 70 kun) va  tug‘ruqdan keyingi tiklanish vaqti (odatda 56 kun) uchun beriladigan pul, ya’ni dekret puli. U  yaxlit hisoblanib, bittada to‘lab beriladi.