Savollar

Ijtimoiy karta nima?

Ijtimoiy karta bu – bank kartasi va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lib, shuningdek, transport kartasi, nogironlikni belgilovchi hujjat, talaba guvohnomasi vazifalarini bajaradi. Bundan tashqari, u shaxs ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholining bir yoki bir nechta toifalariga mansubligini ko‘rsatadi.

Ijtimoiy karta olish uchun ariza qanday topshiriladi?

Ijtimoiy karta chiqarish uchun arizalar Baraka mobil ilovasi orqali tez va oson bajariladi. Ilovaga kirib, «Karta chiqarish» tugmasi ustiga bosasiz. Kerakli buyruqlarni ketma-ketligi bo‘yicha bajarganingizdan keyin kartaga buyurtma bera olasiz. Bundan tashaqari, INSON shahar va tuman ijtimoiy xizmatlar markazlariga yoki mahalliy ijtimoiy xodimlar orqali yoki Xalq banki ATB, Aloqabank ATB filiallariga borib ham Baraka kartasiga buyurtma berishingiz mumkin.

Kimlar Ijtimoiy karta olish huquqiga ega?

Javob: Har bir fuqaro Ijtimoiy karta olish huquqiga ega. Odatiy holda elektron Ijtimoiy karta chiqariladi va faollashtiriladi. Xohishga ko‘ra, bank kartasi ko‘rinishidagi jismoniy Ijtimoiy kartani ham buyurtma qilish mumkin.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Ijtimoiy karta oladimi?

Ha. Ijtimoiy kartalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga 5 yil muddatga beriladi.
O‘zbekistonda doimiy ro‘yxatga olingan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham Ijtimoiy karta olishlari mumkin. Bunda kartaning amal qilish muddati ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, milliy pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi muddatidan oshmasligi belgilangan.

Ijtimoiy kartani chiqarish qancha vaqt oladi?

Elektron ijtimoiy karta bir ish kuni ichida chiqariladi. Bank kartasi ko‘rinishidagi ijtimoiy karta esa 5 ish kuni ichida tayyorlanadi. Tayyor bo‘lganda, sizga bu haqida xabar jo‘natiladi.

Ijtimoiy kartani qanday faollashtirish mumkin?

Ijtimoiy karta chiqarilishi bilanoq avtomatik ravishda faollashtiriladi.

Ijtimoiy kartani uydan chiqmay turib olsa bo‘ladimi?

Ha, bu imkoniyat mavjud, ammo faqat ma’lum toifadagi fuqarolar uchun. Mahalliy ijtimoiy xodimlar fuqaroning uyiga tashrif buyurib, arizani rasmiylashtirishadi va tayyor karta xonadonning o‘ziga yetkazib beriladi.