Welfare Tag: Xizmat

Ruxsatnomasiz pullarni ishlatishning oqibati nima?

Agar vasiy mablag‘larni bolaning manfaatlariga zid sarf ko‘rsa, vasiylik organi ruxsatnoma berishni rad etadi va vasiyni vazifasidan ozod etish masalasini ko‘radi (1-ilova).

Ruxsatnoma qanday shaklda beriladi?

2025-yil 1-fevraldan boshlab ruxsatnoma qog‘oz ko‘rinishida emas, balki “Ijtimoiy himoya” AT orqali raqamli shaklda shakllantiriladi va banklarga yuboriladi.

Ruxsatnoma olish uchun qayerga murojaat qilinadi?

Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qilinadi.

Nega vasiy bu pullarni o‘z xohishicha ishlata olmaydi?

Bolaning mulkiy huquqlarini himoya qilish uchun. Vasiy pullarni faqat bolaning ta’minoti, ta’limi va sog‘lig‘i uchun sarflashga majbur (4-ilova).

Ijtimoiy to‘lovlar deganda nimalar tushuniladi?

Bolaga tayinlangan pensiya, nafaqa, aliment hamda uning mulkidan keladigan daromadlar (masalan, ijara haqining bolaga tegishli qismi).

Ruxsatnoma berish muddati qancha?

Vasiy yoki homiy murojaat qilganidan so‘ng, bolaning ehtiyojlari o‘rganilib, ruxsatnoma bir ish kuni davomida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-son qarori (1-ilova, 6-band “d” kichik bandi).

Bolaning uyi u voyaga yetguncha sotilishi mumkinmi?

Faqat istisno holatlarda, agar bu bolaning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun o‘ta zarur bo‘lsa va vasiylik organining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lsa.

Xulosa qanday shaklda yuboriladi?

2025-yil 1-fevraldan boshlab barcha xulosalar notarial idoralarga “Elektron hukumat” tizimi orqali raqamli shaklda, bir ish kuni ichida yuboriladi.

How is the property accounted for?

Immediately upon identification of the child, all their property subject to state registration is electronically recorded in the “Ijtimoiy Himoya” Information System (Appendix 2, Clause 21).