“Onalar maskani” o‘zi nima?
Bu og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi ayollarni va ularning go‘daklarini birgalikda saqlash orqali bolaning yetim qolishining oldini oluvchi markazdir.
Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?
O‘zbekiston Respublikasi VMQ-893 (1-ilova, 6-band “b” kichik bandi).
Kimlar bu yerga joylashtirilishi mumkin?
Qiyin ijtimoiy ahvoldagi (uysiz, tazyiq ostidagi) homilador ayollar va 3 yoshgacha farzandi bor onalar.
Joylashtirish haqida qaror necha kunda chiqadi?
Ayolning holati o‘rganilib, bir ish kuni davomida yo‘llanma berish masalasi hal qilinadi.
“Ona uyi”da qancha muddat yashash mumkin?
Ona va bolaning ijtimoiy holati barqarorlashguncha (odatda 6 oydan 1 yilgacha muddatga).
Qayerga murojaat qilish lozim?
Hududiy “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki onlayn ravishda YIDXP (my.gov.uz) orqali.
Xizmatlar bepulmi?
Ha, yashash joyi, oziq-ovqat va psixologik ko‘mak davlat tomonidan bepul ko‘rsatiladi.
Onaga kasb o‘rgatiladi-mi?
Ha, onaning kelajakda mustaqil yashab ketishi uchun unga kasb-hunar o‘rgatish va bandligini ta’minlashda yordam beriladi.
Ayolning shaxsi sir saqlanadimi?
Ha, markazda saqlanayotgan ayol va bolaning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi.
Maqsadi nima?
Asosiy maqsad — bolani go‘daklar uyiga topshirishning oldini olish va uni oila muhitida saqlab qolishdir.