Yordam oluvchi vafot etsa, ozodlikdan mahrum etilsa, oila Ijtimoiy reestrdan chiqarilsa yoki doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketsa (23-band).
Yordam oluvchi vafot etsa, ozodlikdan mahrum etilsa, oila Ijtimoiy reestrdan chiqarilsa yoki doimiy yashash uchun xorijga chiqib ketsa (23-band).
Agar mahalla uchun ajratilgan mablag‘ yetishmasa, yordam ko‘rsatish keyingi oyga kechiktirilishi mumkin. Ketma-ket 3 marta kechiktirilsa, tizim arizani avtomatik rad etadi (20-band).
Dastlab ijtimoiy xodim oila ahvolini o‘rganib tavsiyanoma kiritadi, so‘ng “Mahalla yettiligi” kollegial (jamoaviy) tartibda ovoz berish orqali qaror qabul qiladi (19-band).
Agar fuqaro ayni shu ijara xarajatlari uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki boshqa davlat dasturlari orqali yordam olayotgan bo‘lsa, takroran yordam berilmaydi (12-band).
Mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida berilmaydi. Ular ijara shartnomasi asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga oluvchining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi (21-band).
Subsidiya miqdori hududdagi ijara bozoridagi narxlar va fuqaroning ehtiyojidan kelib chiqib, “Mahalla yettiligi” tomonidan tasdiqlangan miqdor doirasida belgilanadi (18-band).
O‘ta og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yashash uchun uy-joyi bo‘lmagan yoki uy-joyi yashash uchun mutlaqo yaroqsiz bo‘lgan, ijtimoiy xodim tomonidan keys-menejment asosida muhtoj deb topilgan shaxslar (4-5-bandlar).
Murojaat tushgan kundan boshlab ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va “Mahalla yettiligi” tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.