Welfare Category: “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan kommunal xarajatlarni qoplash uchun yordam

Ushbu yordamning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.

Mablag’ yetishmagan taqdirda nima qilinadi?

Agar mahalla uchun ajratilgan oylik limit tugagan bo’lsa, yordam keyingi oyga ko’chirilishi mumkin. Ketma-ket 3 marta kechiktirilsa, ariza avtomatik rad etiladi (20-band).

Agar oila a’zolari mehnatga layoqatli bo’lsa-chi?

Ijtimoiy xodim keys-menejment jarayonida oilaning daromad manbalarini o’rganadi. Agar oilada asossiz ravishda ishlamayotgan shaxslar bo’lsa, yordam ko’rsatish rad etilishi mumkin.

Qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

Ijtimoiy xodimning tavsiyasi asosida “Mahalla yettiligi” kollegial (jamoaviy) tartibda ovoz berish orqali qaror qabul qiladi (18-19-bandlar).

Kommunal yordam necha marta berilishi mumkin?

Bir kuz-qish mavsumida koʻpi bilan ikki marotaba (1-oktabrdan 15-martga qadar)

Yordam puli fuqaroning qo‘liga naqd beriladimi?

Yo‘q. Mablag‘lar maqsadli ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning (gaz, elektr, suv va h.k.) bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi (21-band).

Kimlar kommunal xarajatlar uchun yordam olishi mumkin?

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar

Kommunal yordamni rasmiylashtirish muddati qancha?

Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va “Mahalla yettiligi” tomonidan jamoaviy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Ushbu yordam turi Nizomda nazarda tutilganmi?

Ha. Nizomning 13-bandiga ko’ra, “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi mablag’lari Hukumat va Agentlik qarorlariga binoan ro’yxatda bo’lmagan boshqa ijtimoiy maqsadlarga, shu jumladan kommunal to’lovlar uchun ham yo’naltirilishi mumkin.