Welfare Category: Ijtimoiy reyestr (kam ta’minlangan va kambag‘al oilalar)

Mablag‘lar qanday tartibda to‘lanadi?

Mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida berilmaydi, balki shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat tibbiy sug‘urta jamg’armasiga o‘tkazib beriladi (21-band).

Yordam berish haqidagi qaror qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Ijtimoiy xodim tavsiyanomasi asosida “Mahalla yettiligi” tomonidan 5 ish kuni ichida, shoshilinch holatlarda esa 1 kun (24 soat) ichida ko‘rib chiqiladi (18, 22-bandlar).

Yordam olish uchun qanday tibbiy hujjat talab etiladi?

Davolash muassasasidan olingan, ixtisoslashtirilgan muassasada davolanish zarurligi va tibbiy xizmatning aniq qiymati ko‘rsatilgan yo‘llanma (order) talab etiladi (16-17-bandlar).

Davolanish uchun yordam necha marta beriladi?

Ushbu turdagi moddiy yordam muhtoj shaxslarga yiliga bir marotaba ko‘rsatiladi.

Ushbu yordamning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.

To‘lov miqdori

Miqdor qonunchilik bilan belgilanadi. “Kambag‘allik chegarasidagi oila”ga 75% yoki 50% to‘lanadi (daromadiga qarab).

Kimlarga tayinlanadi?

“Davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila”, “kambag‘allik chegarasidagi oila”.

To‘lov qachon va qayerda amalga oshiriladi?

Har oy 4–27 sanalarda bank kartaga yoki ijtimoiy kartaga o‘tkaziladi.

Qachon rad etiladi?

Reyestrga kiritilmagan bo‘lsa, 6 oy o‘tgan bo‘lsa, ishga joylashish talabi bajarilmasa, noto‘g‘ri ma’lumot berilsa.

Arizani kim ko‘rib chiqadi? Qaror qanday qabul qilinadi?

“Yagona reyestr” AT orqali avtomatik ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi. Ariza topshiruvchilar, joriy oyning 16-sanasigacha ariza bergan bo‘lsa, ularga keyingi oyning 1-sanasigacha nafaqa berilishi, rad etilishi yoki ko‘rib chiqilishi keyingi oyga (kutish ro‘yxatiga) qoldirilishi haqida xabar beriladi.
Joriy oyning 16-sanasidan keyin topshirilgan arizalar esa ko‘rib chiqish uchun keyingi oyga (kutish ro‘yxatiga) o‘tkaziladi