Welfare Category: Boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi

Murojaat qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?

1 ish soati ichida.

Ariza nega rad etilishi mumkin?

Pensiya tayinlangan bo’lsa, vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatsiz aʼzolari bo’lmasa, mehnatga qobiliyatsiz a’zolari 18 yoshga to’lgan bo’lsa va ta’lim tashkilotining o’quvchisi yoki talabasi bo’lmasa.

Pulni qanday olish mumkin?

Plastik karta (bank kartasiga o‘tkazish) yoki Naqd pul (Xalq banki xodimlari tomonidan mahallaga yetkazish) orqali.

Natijani qanday bilsa bo‘ladi?

Qaror (tayinlash yoki rad etish) qabul qilingach, natija mobil telefoningizga SMS shaklida yuboriladi.

Nafaqa qancha muddatga tayinlanadi?

Mehnatga layoqatsiz davriga.

Ariza topshirish uchun muddat bormi?

Yo‘q, arizalar qabul qilishda hech qanday vaqtinchalik cheklovlar mavjud emas.

Arizani qanday va qayerda topshirish mumkin?

Faqat Baraka mobil ilovasi orqali onlayn. Qog‘oz hujjatlar yoki markazga borish talab etilmaydi, faqat elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi.

Nafaqa miqdori qancha?

Oyiga 820 000 so‘m etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyasiz oila a’zosi uchun — 270 000 so‘mdan qo‘shiladi.

Nafaqa kimlarga tayinlanadi?

Davlat pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lmagan vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-sonli qarori