Sizda Baraka ijtimoiy kartasi uchun haq to’laymanmi yoki bepul ham olsam bo’ladimi degan savol paydo bo’lishi tabiiy. Kartaning narxi 40 ming so’m. Biroq kartani pul to’lamay ham olish mumkin. Faqat buning uchun siz qonunchilik hujjatlarida tasdiqlangan 15 toifadagi shaxslardan biri bo’lishingiz kerak. Xo’sh, ijtimoiy karta bepul muomalaga chiqariladigan va foydalanish uchun taqdim etiladigan shaxslar kimlar? Ular quyidagilar:
- 1. Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar (shaxslar)
2. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oilalar
3. Koʻp bolali oilalarning aʼzolari
4. Nogironligi boʻlgan shaxslar
5. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar boʻlgan yolgʻiz yashovchi va yolgʻiz keksalar
6. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar parvarishi bilan band boʻlgan shaxslar
7. Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar
8. Vasiylar (homiylar), tutingan ota-onalar
9. Muomalaga layoqatsiz shaxslar
10. Muomala layoqati cheklangan shaxslar
11. Muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan shaxslarning qonuniy vakillari
12. Pensionerlar
13. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlanayotgan talabalar
14. Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan stipendiya toʻlanayotgan oʻquvchilar (tinglovchilar)
15. Shahar yoʻlovchi transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar.
Qaysi hollarda 15 toifaga kiruvchilar ham karta uchun pul to’laydi?
Amal qilish muddati tugashidan oldin karta yo’qotib qo’yilsa yoki yaroqsiz holga kelsa, 15 toifaga kiruvchilar ham kartani qayta chiqarish uchun pul to’lashlari kerak