Back to News page

Ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari yuzasidan rasmiy izoh

07.04.2026

Ijtimoiy tarmoqlarda nogironlik nafaqasi to‘lovlarining kechikishi bilan bog‘liq murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Nafaqa to‘lovlari hamkor bank — Xalq banki tomonidan moliyalashtirilib, belgilangan tartibda Baraka kartalariga o‘tkazib beriladi. Ayrim hollarda texnik jarayonlar sababli qisqa muddatli kechikishlar yuzaga kelishi mumkin.

Hozirgi kunda mazkur murojaat bo‘yicha to‘lov fuqaro kartasiga muvaffaqiyatli tushirilganini ma’lum qilamiz.

Ma’lumot uchun, 2024-yildan boshlab O‘zbekistonda yagona ijtimoiy karta tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Ushbu tizim doirasida barcha ijtimoiy to‘lovlar va nafaqalar ijtimoiy kartalar orqali amalga oshiriladi. Nafaqaxo‘rlar uchun kartalarni chiqarish va yetkazib berish Xalq banki, talaba va o‘quvchilar uchun esa Aloqabank tomonidan ta’minlanadi.

Baraka kartasi jamoasi sifatida barcha ijtimoiy to‘lovlarning o‘z vaqtida va qulay yetkazilishini muhim deb bilamiz hamda bu borada hamkor tashkilotlar bilan doimiy aloqadamiz.