Hurmatli foydalanuvchilar, ayni paytda Baraka mobil ilovasida ayrim foydalanuvchilarning balansida noto‘g‘ri summa yoki nol balans ko‘rinishi holatlari kuzatilmoqda. Xavotir olmang, bu kartangizda mablag‘ yo‘q degani emas. Kartangizda mablag’ bor va undan bankomat yoki savdo shahobchalarida foydalana olasiz.
Ushbu nosozlik vaqtinchalik texnik sabablar tufayli yuzaga kelayotganini ma’lum qilamiz. Barcha mablag‘laringiz to‘liq xavfsiz saqlanmoqda.
Hozirda holatni bartaraf etish bo’yicha ishlayapmiz. 1-2 kunda jarayon yakunlangach, balansingiz to‘g‘ri ko‘rinishda avtomatik ravishda tiklanadi.
Foydalanuvchilarga tavsiyalar
-
Kartangizdagi mablag‘ni xavotirlanmasdan ishlating — u bankomat va savdo nuqtalarida faol.
-
Ilovadagi balans vaqtincha noto‘g‘ri ko‘rinayotgan bo‘lsa ham, mablag‘laringiz xavfsiz.
-
Agar nosozlik davom etadigan bo‘lsa yoki boshqa savollar yuzaga kelsa, iltimos, Baraka qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.
Biz foydalanuvchilarimizga bizni tushunishgani va sabr uchun minnatdorchilik bildiramiz. Har bir mablag‘ingiz xavfsizligi biz uchun muhim ahamiyatga ega, va biz barcha nosozliklarni tezkorlik bilan bartaraf etishga harakat qilamiz.