Xizmatni ko‘rsatishning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament.

Xizmat qayerda va qanday shaklda ko‘rsatiladi?

• Kunduzgii qatnov shaklida: "Inson" markazlarida qisqa va uzoq muddatli psixologik hamda huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

• Statsionar (boshpana) shaklida: Reabilitatsiya markazlarida (shelterlarda) 6 oygacha bepul yashash joyi, oziq-ovqat, kiyim-kechak va zarur xizmatlar taqdim etiladi.

Xizmatni ko‘rsatish qaysi hollarda rad etiladi?

• Jablangan xotin-qizlar xizmatdan foydalanishga rozilik bildirmaganda yoki himoya orderi olishni rad etganda;

• Tibbiy ko‘rikda markazda qolishga to‘sqinlik qiluvchi o‘tkir yuqumli, og‘ir ruhiy yoki faol bosqichdagi sil kasalliklari aniqlanganda (bunda shaxs avval shifoxonaga joylashtiriladi).

Qanday hujjatlar va ma’lumotlar talab etiladi?

Ariza berishda quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

• Xizmatdan foydalanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
• Tug‘ilgan yili, sanasi va manzili.

Eslatma: Shifoxonaga yoki reabilitatsiya markaziga joylashish uchun hech qanday qo‘shimcha qog‘oz yoki spravkalar talab etilmaydi.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

• O‘z hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki mahallangizdagi ijtimoiy xodimga murojaat qilish orqali;

• Ichki ishlar organlarining "102" raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki hududiy profilaktika inspektoriga uchrashish orqali;

• 1146 (“Ishonch telefoni”) yoki 112 raqamlariga bog‘lanish orqali.

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Arizachilar)

• Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari;

• Zo‘ravonlik holatiga guvoh bo‘lgan har qanday jismoniy va yuridik shaxslar (uchinchi shaxslar).