Bunday holda o‘rtadagi farqni yordam oluvchi o‘z hisobidan to‘lashi lozim. Aks holda sotuvchi buyurtmani rad etishi mumkin (40-band).
Mahsulotlar uyga yetkazib beriladimi?
Ha. Sotuvchi (tadbirkor) oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli va o‘z vaqtida yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’uldir (45-band).
Murojaat qanday tasdiqlanadi?
Mahsulotlar yetkazib berilgach, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma'lum qilishi orqali xarid yakunlanadi (37-band).
Vaucherning amal qilish muddati qancha?
Vaucher rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qiladi. Shu muddatda undan foydalanish shart (3-band).
Mahsulotlarni qayerdan sotib olish mumkin?
"Ijtimoiy himoya" ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sovtuvchilardan (do'konlardan) elektron savdo platformasi orqali xarid qilinadi (6, 24-bandlar).
Vaucherni naqd pulga almashtirsa bo’ladimi?
Yo‘q. Vaucher faqat belgilangan turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni naqdlashtirish taqiqlanadi.
Oziq-ovqat vaucherini rasmiylashtirish muddati qancha?
Murojaatni o‘rganish, tavsiyanoma shakllantirish va vaucher ajratish bo‘yicha qaror qabul qilish 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Oziq-ovqat vaucheri (vaucher) ozi o’zi nima?
Bu eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarini davlat subsidiyasi hisobidan xarid qilish imkonini beruvchi, QR-kodli elektron hujjatdir (3-band).
Karakalpak