Yo‘llanmaning haqiqiyligi qanday tekshiriladi?

Ijtimoiy xodim tomonidan bir ish kuni ichida yo‘llanma sog‘liqni saqlash organlarining elektron tizimlari orqali tekshiriladi (17-band).

Qaysi holatda yordam berish rad etilishi mumkin?

Agar shaxs ayni shu davolanish uchun “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari” jamg‘armalaridan yordam olgan bo‘lsa, takroran yordam berilmaydi (12-band).

Yordam berish haqidagi qaror qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Ijtimoiy xodim tavsiyanomasi asosida "Mahalla yettiligi" tomonidan 5 ish kuni ichida, shoshilinch holatlarda esa 1 kun (24 soat) ichida ko‘rib chiqiladi (18, 22-bandlar).

Mablag‘lar qanday tartibda to‘lanadi?

Mablag‘lar naqd pul ko‘rinishida berilmaydi, balki shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat tibbiy sug‘urta jamg'armasiga o‘tkazib beriladi (21-band).

Yordam olish uchun qanday tibbiy hujjat talab etiladi?

Davolash muassasasidan olingan, ixtisoslashtirilgan muassasada davolanish zarurligi va tibbiy xizmatning aniq qiymati ko‘rsatilgan yo‘llanma (order) talab etiladi (16-17-bandlar).

Davolanish uchun yordam necha marta beriladi?

Ushbu turdagi moddiy yordam muhtoj shaxslarga yiliga bir marotaba ko‘rsatiladi.