O‘z hududidagi markazda joy bo‘lmasa nima qilinadi?

Agar ayolning yashash joyidagi markazda bo‘sh o‘rin bo‘lmasa, unga yaqin bo‘lgan hududdagi yoki o‘z xohishiga ko‘ra boshqa hududdagi reabilitatsiya markaziga (yoki NNT markazlariga) joylashtiriladi. Boshqa viloyatga borish yo‘l xarajatlari markaz tomonidan qoplanadi (24, 34-bandlar).

Markazda ayollar nimalar bilan ta’minlanadi?

Bepul boshpana (yotoq joyi), oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi. Shuningdek, kompleks psixologik, huquqiy va tibbiy yordam ko‘rsatiladi (6, 30-bandlar).

Qaysi hollarda markazga joylashtirish rad etiladi?

• Ayol kishi o‘z xohishi bilan joylashishga rozilik bildirmaganda yoki himoya orderi olishni rad etganda;

• Tibbiy ko‘rikda boshqalarga yuqadigan o‘tkir yuqumli, og‘ir ruhiy yoki faol bosqichdagi sil kasalliklari aniqlanganda (bunda avval shifoxonada davolatiladi) (26-band).

Markazda (shelterda) qancha muddatgacha yashash mumkin?

Yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga muvofif 6 oy muddatgacha vaqtincha yashash (boshpana) ta’minlanadi (6-band).

Markazga (shelterga) joylashish uchun asosiy shart nima?

Muhim shart: Hududiy reabilitatsiya markazlariga chuqurlashtirilgan yordam uchun joylashtirishda ayolga himoya orderi rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim (18-band).

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin va u qayerda joylashgan?

Arizangiz va roziligingiz asosida “Inson” markazlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari hamkorligida amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari xizmat ko‘rsatish belgilangan kuni ayolni va uning bolalarini markazga o‘zi olib borib joylashtiradi (27-band).