Saqlangan to’lovlar
Baraka mobil ilovasi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarni namunaviy (shablon) sifatida saqlab qo‘yish, keyingi to‘lovlarni yanada tezroq va qulayroq bajarish imkonini beradi.
Ushbu funksiya foydalanuvchilarga muntazam to‘lovlar uchun rekvizitlarni qayta kiritmasdan, vaqtni tejashga yordam beradi. To‘lovlarni namunaviy sifatida saqlash bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma
Muntazam xizmatlar uchun saqlangan to‘lovlarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Step by step
- 1
1-bosqich: To‘lovni amalga oshirish
Asosiy menyudagi “To‘lovlar” bo‘limiga kiring.
O‘zingizga kerakli xizmat turini (Internet, mobil aloqa, kommunal to‘lovlar va h.k.) tanlang.
Tegishli hisob raqami yoki abonent kodini kiritib, “Keyingi” tugmasini bosing.
Ekranda to‘lov bo‘yicha ma’lumotlar aks etadi.
Mablag‘ yechib olinadigan kartani belgilang va “To‘lash” tugmasi orqali amaliyotni yakunlang.





- 2
2-bosqich: Namunani shakllantirish
To‘lov muvaffaqiyatli bajarilgandan so‘ng, chek yoki natija oynasida paydo bo‘lgan “Saqlash” tugmasini bosing.
Ochilgan oynada ushbu to‘lovga o‘zingizga tushunarli bo‘lgan nom bering (masalan: “Uy interneti”, “Mening raqamim” yoki “Elektr energiyasi”).


- 3
3-bosqich: Tasdiqlash va foydalanish
Nom kiritilgach, amalni yakunlash uchun yana bir bor “Saqlash” tugmasini bosing.
Shu bilan jarayon yakunlanadi.
Endi ushbu to‘lov namunasi asosiy menyuning “Saqlangan to‘lovlar” bo‘limida doimiy ravishda aks etadi.

Biz benen baylanısıń
Biz járdem beriwge tayarmız.
Qosımsha arqalı qońıraw etiw
Tiykarǵı menyude qulaqshın súwretlengen "Baylanıs" túymesin basıń. Soń "Qońıraw etiw" túymesin basıń.
Karakalpak