Default

Saqlangan to’lovlar

Baraka mobil ilovasi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarni namunaviy (shablon) sifatida saqlab qo‘yish, keyingi to‘lovlarni yanada tezroq va qulayroq bajarish imkonini beradi.

Ushbu funksiya foydalanuvchilarga muntazam to‘lovlar uchun rekvizitlarni qayta kiritmasdan, vaqtni tejashga yordam beradi. To‘lovlarni namunaviy sifatida saqlash bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma

 

Muntazam xizmatlar uchun saqlangan to‘lovlarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich: To‘lovni amalga oshirish

  • Asosiy menyudagi “To‘lovlar” bo‘limiga kiring.

  • O‘zingizga kerakli xizmat turini (Internet, mobil aloqa, kommunal to‘lovlar va h.k.) tanlang.

  • Tegishli hisob raqami yoki abonent kodini kiritib, “Keyingi” tugmasini bosing.

  • Ekranda to‘lov bo‘yicha ma’lumotlar aks etadi.

  • Mablag‘ yechib olinadigan kartani belgilang va “To‘lash” tugmasi orqali amaliyotni yakunlang.

2-bosqich: Namunani shakllantirish

  • To‘lov muvaffaqiyatli bajarilgandan so‘ng, chek yoki natija oynasida paydo bo‘lgan “Saqlash” tugmasini bosing.

  • Ochilgan oynada ushbu to‘lovga o‘zingizga tushunarli bo‘lgan nom bering (masalan: “Uy interneti”, “Mening raqamim” yoki “Elektr energiyasi”).

3-bosqich: Tasdiqlash va foydalanish

  • Nom kiritilgach, amalni yakunlash uchun yana bir bor “Saqlash” tugmasini bosing.

  • Shu bilan jarayon yakunlanadi.

Endi ushbu to‘lov namunasi asosiy menyuning “Saqlangan to‘lovlar” bo‘limida doimiy ravishda aks etadi.

Ma’lumot uchun: Keyingi safar xuddi shu xizmat uchun to‘lov qilmoqchi bo‘lsangiz, xizmatni qidirib o‘tirmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Saqlangan to‘lovlar” bo‘limidan foydalanishingiz mumkin.

Baylanısıw

Biz járdemge tayyarmız
Icon
Bank xızmetin qollap-quwatlaw
Xalq: 1106 | Aloqa: +998712307777
Icon
IHMA baylanıs orayı
Ulıwma sorawlar hám mánisler boyınsha 1070 nomerine qońıraw etiń.