“Baraka” imkoniyatlari ijtimoiy karta doirasidan kengaymoqda: nafaqalar, to‘lovlar, hujjatlar va transport uchun yagona karta

“Baraka” imkoniyatlari ijtimoiy karta doirasidan kengaymoqda: nafaqalar, to‘lovlar, hujjatlar va transport uchun yagona karta

 

 

“Baraka” servisi davlat nafaqalari, kundalik to‘lovlar, raqamli hujjatlar va transport kartasi funksiyalarini birlashtiruvchi karta va ilovaning yangilangan formatini taqdim etdi. “Aloqabank” va Xalq banki bilan hamkorlikda chiqarilgan karta to‘laqonli Visa-karta sifatida ishlaydi – undan O‘zbekistonda va chet elda foydalanish mumkin.

 

“Baraka” servisi davlat ijtimoiy ko‘magidan foydalanishning umumiy nuqtasi sifatida ishlab chiqilgandi: u orqali belgilangan nafaqalarni olish, ijtimoiy xizmatlarga ariza topshirish va ularni boshqarish mumkin. Bugungi kunda servis imkoniyatlari nafaqalar bilan kifoyalanib qolmaydi. “Aloqabank” va Xalq bankining Visa-kartasi kundalik xaridlar va onlayn-to‘lovlar uchun to‘g‘ri kelish barobarida davlat tizimlari bilan bevosita aloqani saqlab qoladi. “Baraka” kartasi va ilovasi yordamida, bir qancha hujjatni ko‘tarib yurish zaruratisiz, davlat nafaqalarini olish, yo‘l haqini to‘lash va shaxsni tasdiqlash mumkin. 

 

Bitta karta – ko‘plab vazifalar

 

“Baraka” kartasi bir o‘zida to‘rtta muhim funksiyani qamrab oladi va bank, ijtimoiy yordam, transport va identifikatsiya kartasi rolini bajaradi. 

 

Ilovada yana kundalik molyaiviy amaliyotlarni ham bajarish mumkin: kartadan kartaga (P2P) pul o‘tkazish, kommunal to‘lovlar qilish va kartani to‘ldirish. “Baraka”ni istalgan Uzcard yoki Humo kartasidan bevosita yoxud ilova orqali to‘ldirish mumkin.

 

“Baraka”da raqamli hujjatlar ham mavjud, ular yuridik kuchga ega bo‘lib, O‘zbekistonda rasman tan olinadi. Jami ilovada 19 ta raqamli hujjat mavjud bo‘lib, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, haydovchilik guvohnomasi, shahodatnomalar, ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar, talabalik guvohnomasi va boshqalar ular sirasiga kiradi. Shuningdek, karta talaba guvohnomasi, nogironlik to‘g‘risidagi guvohnoma, talaba pasportining o‘rnini bosishi va maktab o‘quvchi hamda urush qatnashchisining ijtimoiy maqomini tasdiqlashi mumkin. 

 

“Baraka” – Visa xalqaro tarmog‘ida

 

“Baraka” kartasi Visa xavfsizlik standartlariga muvofiq keladi va O‘zbekistonda hamda dunyodagi 200 dan ziyod mamlakatda POS-terminallarda, bankomatlarda va onlayn to‘lovlarda qabul qilinadi. Xolis QR va UzQR qo‘llab-quvvatlanadi, kelgusida Tez QR, Rahmat QR va ATTO QR bilan integratsiyalashuv rejalashtirilgan.

 

ATTO transport kartasi

“Baraka” plastik kartasi jamoat transportida yo‘l haqini to‘lash uchun to‘laqonli ATTO kartasi sifatida ishlatilishi mumkin. Unda ATTOdagi 4 ta tarifning barchasi qo‘llaniladi:

  • Transferli tarif (bir soat ichidagi keyingi qatnashlarga chegirma);
  • Oylik tarif (muayyan davr uchun limitli va limitsiz yo‘l abonementlari);
  • Imtiyozli tarif (talabalar, o‘quvchilar, pensionerlar va boshqa toifalar uchun 50% chegirma);
  • Qonunchilikda ko‘zda tutilgan 8 ta imtiyozli aholi toifasi uchun bepul qatnash.

Hozirgi bosqichda yo‘l haqini to‘lash va imtiyozli tariflar faqat “Baraka” plastik kartasidan foydalanganda amal qiladi. Ilovada ATTO QR orqali to‘lash imkoniyati keyinroq yaratiladi.

 

Davlat nafaqalari va kundalik xarajatlar uchun karta

Ilovada 60 dan ortiq davlat ijtimoiy to‘lovlari va xizmatlari uchun ariza topshirish, ularni kuzatib borish va boshqarish mumkin. Navbatda turish, ortiqcha hujjatlar to‘plash va o‘z maqomini bir necha marta tasdiqlashga hojat yo‘q.

Nafaqalar, stipendiyalar, ishga layoqatsizlik, homiladorlik va tug‘ish to‘lovlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartaga o‘tkaziladi. To‘lovlar maqomi va kelib tushishini “Baraka” ilovasida nazorat qilish mumkin. Kartadagi ijtimoiy mablag‘lar qonunchilik bilan himoyalangan:  banklarga kredit qarzdorligini so‘ndirish uchun ijtimoiy to‘lovlarni avtomatik yechib olish taqiqlangan. Bu davlat qo‘llab-quvvatlovini foydalanuvchining boshqa moliyaviy majburiyatlaridan alohidalash imkonini beradi.

 

“Baraka” bilan talabalik hayoti qulaylashadi

Karta imkoniyatlari bir nechta odatiy vositalarni birlashtiradi: bank kartasi, talabalik guvohnomasi, hujjatlar va transport kartasi funksionali. Stipendiya kartaga tushadi, talabalik guvohnomasi va yo‘l haqi abonementi esa ilovada, raqamli shaklda bo‘ladi.

Visa tizimi bilan integratsiya tufayli, o‘qishda va kundalik talabalik hayotida ayniqsa dolzarb bo‘lgan xorijiy onlayn-servislar va obunalar haqini to‘lashda kartadan foydalanish osonlashadi. Bundan tashqari, “Baraka” bilan kartadan kartaga pul o‘tkazish va kommunal xizmatlar haqini to‘lash mumkin, shu sababli bir nechta servislardan foydalanishga hojat qolmaydi.

“Baraka” kartasi qanday olinadi?

“Baraka” virtual kartasini istalgan foydalanuvchi bepul ochtirishi mumkin. Plastik kartani chiqarish 40 000 so‘m turadi. Kartani “Baraka” ilovasi orqali olish mumkin: ro‘yxatdan o‘tib, kerakli ma’lumotlarni ko‘rsatish va buyurtmani rasmiylashtirish yetarli. Plastik kartalar “Aloqabank” va Xalq banki orqali chiqariladi, tayyor kartani bankning o‘zingiz tanlagan bo‘limidan olib ketish mumkin.

Ilovani yuklab olish: Android va iOs 

“Baraka” ilovasi va kartasi to‘g‘risida batafsil: https://baraka.gov.uz/ru/

 

Talabalar uchun Baraka kartasi: nimalarni bilish muhim?

Talabalar uchun Baraka kartasi: nimalarni bilish muhim?

2026/2027-o’quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning stipendiyasi Baraka kartasi orqali to’lanadi.

Xo‘sh, talabalar Baraka kartasini qanday olishadi va stipendiyalar qaysi tartibda ushbu kartaga o‘tkaziladi? Quyida ushbu jarayon bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

1. Kartani olish va stipendiya tushish tartibi

Talabalarning qaysi bosqichda tahsil olayotganiga qarab Baraka kartasini rasmiylashtirish tartibi quyidagicha ajratiladi:

1-bosqich talabalari uchun. Joriy o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning stipendiyasi  Baraka kartasi orqali to‘lanadi. Ushbu kartalar talabalar uchun AloqaBank tomonidan chiqariladi hamda OTM va bank o‘rtasidagi hamkorlik asosida tayyorlanib, talabalarga topshiriladi.

Yuqori kurs talabalari uchun. Yuqori bosqich talabalari Baraka kartasini Baraka ilovasi orqali mustaqil ravishda buyurtma qilishlari mumkin. Agar stipendiyangiz hozirda boshqa bank kartasiga tushayotgan bo‘lsa, yangi Baraka kartasini qo‘lga kiritganingizdan so‘ng, keyingi to‘lovlar avtomatik tarzda ushbu yangi kartaga o‘tkazila boshlaydi.

Muhim eslatma. Ushbu yangi tartib barcha oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurs talabalariga birday  taalluqli emas. Davlat OTMlari Baraka tizimiga bosqichma-bosqich o‘tmoqda. Hozirgi kunda taxminan 500 ming nafar talaba Baraka kartasidan foydalanib kelmoqda.

2. Karta narxi va to’lov shartlari

Bepul taqdim etilishi.  Agar siz davlat oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lsangiz, Baraka kartasi sizga bepul taqdim etiladi.

Qaysi hollarda to‘lov undiriladi? OTM talabalari quyidagi ikki holatda karta uchun haq to‘lashlariga to‘g‘ri keladi:

  • Karta yo‘qotib qo‘yilganda va uning o‘rniga yangisi buyurtma qilinganda;
  • Karta yaroqsiz holga kelganda yoki unga jismoniy shikast yetganda.

3. Karta o’z vaqtida tayyor bo’lmasa nima bo’ladi?

Agar Baraka kartasi belgilangan muddatda tayyor bo‘lmay qolsa, talabaning stipendiya mablag‘lari kechikmaydi — pul to‘lovlari talabaning oldin ishlatib yurgan bank kartasiga tushiriladi.

Baraka kartasi orqali  talabalar chet elga pul o’tkazish yoki xorijiy to’lov tizimlaridan foydalanishlari mumkin.

 

ATTO’ning barcha tarif va paketlari endi Baraka kartasida amal qiladi

ATTO’ning barcha tarif va paketlari endi Baraka kartasida amal qiladi

Endi Baraka ijtimoiy kartasi egalari jamoat transportida yo‘l haqi to‘laganlarida ATTO tizimidagi barcha imtiyoz, tarif va tarif paketlaridan cheklovlarsiz to‘liq foydalanishlari mumkin.

Baraka kartasi qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

Baraka kartangiz orqali transport to‘lovlarini amalga oshirganingizda, ATTO kartalari uchun amal qiluvchi barcha qulayliklar avtomatik tarzda qo‘llanadi:

Barcha turdagi paketlar (kunlik, oylik, yillik):
ATTO tizimidagi kabi belgilangan muddatli paketlarni xarid qilishingiz mumkin. Muayyan summani bir marta to‘laysiz va tanlangan muddat davomida jamoat transportidan cheksiz foydalanasiz.

Imtiyozli tariflar:
Talabalar, nafaqaxo‘rlar va boshqa imtiyozli toifadagi fuqarolar uchun belgilangan maxsus tarif rejalari Baraka kartasida ham to‘liq amal qiladi.

Arzonlashtirilgan transport almashinuv tarifi:
Yo‘l haqi to‘langanidan so‘ng 1 soat ichida boshqa transport vositasiga o‘tsangiz, ATTO tizimidagidek chegirmali va tejamkor narxlar saqlanib qoladi.

Bepul yurish huquqiga ega bo‘lganlar uchun:
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lsangiz, Baraka kartangizni terminalga tekkizishning o‘zi kifoya. Tizim imtiyozingizni avtomatik aniqlaydi va kartadan mablag‘ yechmaydi.

Tarif paketlarini qayerdan sotib olish mumkin?

Baraka kartangizga kerakli tarif rejalarini quyidagi manbalar orqali ulashingiz mumkin:

  1. ATTO mobil ilovasi orqali;
  2. Uzpost (O‘zbekiston pochtasi) bo‘limlarida;
  3. Metro bekatlaridagi o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari orqali.

Kutilayotgan yangilik

Tez orada Baraka mobil ilovasining o‘zida ATTO QR-kod funksiyasi ishga tushiriladi. Bu orqali transportda to‘lovlarni hatto kartasiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizdagi Baraka ilovasi orqali bajarish imkoniga ega bo‘lasiz!

Imkoniyatlardan hoziroq foydalaning, Baraka mobil ilovasini yuklab oling va Baraka kartasiga buyurtma bering!

Baraka ilovasida kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun yangi tariflar belgilandi

Baraka ilovasida kartadan kartaga pul o‘tkazmalari uchun yangi tariflar belgilandi

Baraka mobil ilovasida kartadan kartaga (P2P) pul o‘tkazmalari bo‘yicha yangi tariflar kuchga kirdi. Yangilangan tizim ilova foydalanuvchilariga o‘tkazmalarni komissiyasiz yoki arzonlashtirilgan foizlarda amalga oshirish imkonini beradi.

O‘tkazma yo‘nalishi va amaldagi komissiya foizlari:

  • Baraka kartasidan Baraka kartasiga: 0% (komissiyasiz)
  • Baraka kartasidan Uzcard yoki Humo kartalariga: 0,7%
  • Uzcard yoki Humo kartalaridan Baraka, Uzcard yoki Humo kartalariga: 0,9%

Baraka ilovasi orqali Uzcard, Humo va Baraka to‘lov kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini bir nechta yo‘nalishda bajarish mumkin.

Faqat turli emitent-banklar tomonidan chiqarilgan Baraka kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar hozircha ishlamaydi:

  • Baraka (Xalq banki) →→ Baraka (Aloqabank)
  • Baraka (Aloqabank) →→ Baraka (Xalq banki)

Ushbu banklararo o‘tkazma funksiyasi ustida texnik ishlar olib borilmoqda va u tez orada ilovada faollashtiriladi. Bir bank ichida chiqarilgan Baraka kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar esa 0% komissiya bilan uzluksiz ishlamoqda.

  1. Mobil qurilmaga Baraka ilovasini yuklab oling yoki mavjud versiyasini yangilang.
  2. Ilovaning “O‘tkazmalar” bo‘limiga kirib, chiquvchi va kiruvchi karta ma’lumotlarini kiriting.
  3. Summani belgilang va operatsiyani tasdiqlang. Komissiya miqdori o‘tkazma tasdiqlanishidan oldin ekranda ko‘rsatiladi.

Xalqaro sammitda «Baraka» ijtimoiy karta loyihasi namoyish etildi

Xalqaro sammitda «Baraka» ijtimoiy karta loyihasi namoyish etildi

Samarqand shahrida 21–22-oktabr kunlari 100 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirokida “Bolalar farovonligiga investitsiya” nomli nufuzli xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi. Bolalarning sog‘lom, xavfsiz hamda munosib sharoitda ulg‘ayishi uchun zarur yechimlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan ushbu anjumanda «Baraka» ijtimoiy karta loyihasi o‘z imkoniyatlarini xalqaro hamjamiyatga namoyish etdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada «Baraka» loyihasi stendi mahalliy va xorijiy ishtirokchilar hamda yuqori martabali mehmonlarning alohida e’tiborini tortdi.

«Baraka» stendiga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, «Zamin» xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva hamda Turkiya Respublikasining Birinchi xonimi Emine Erdo‘g‘an va boshqa nufuzli mehmonlar tashrif buyurishdi.

Oliy darajadagi mehmonlar va xalqaro tashkilotlar vakillari «Baraka» ijtimoiy kartasining imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, ushbu innovatsion loyiha haqida o‘zlarining samimiy va iliq taassurotlarini bildirishdi.

Loyiha ofisi direktori Rustamxon Azizov mehmonlarga taqdimot o‘tkazib, mobil ilova hamda ijtimoiy kartaning maqsad va imkoniyatlarini namoyish etdi. Xususan, barcha ijtimoiy to‘lov hamda nafaqalarning bitta kartaga biriktirilishi, ilova orqali 80 dan ortiq davlat xizmatlariga onlayn ariza topshirish imkoniyati va boshqa muhim afzalliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Baraka ilovasi yangilanmoqda: asosiy ekranda ikkita rejim va maxsus qulaylik sozlamalari paydo bo‘ladi

Baraka ilovasi yangilanmoqda: asosiy ekranda ikkita rejim va maxsus qulaylik sozlamalari paydo bo‘ladi


10.2026., Samarqand, O‘zbekiston — Baraka ilovaning yangilangan versiyasini taqdim etdi: 10-noyabrdan boshlab foydalanuvchilar uchun “Moliya” va “Ijtimoiy” bo‘limlari paydo bo’ladi, shuningdek, ko‘rish qobiliyati zaif bo‘lgan foydalanuvchilar uchun maxsus rejim joriy etiladi.

Ushbu yangiliklar 21–22-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Bolalar farovonligiga investitsiyalar» Butunjahon sammitida namoyish etildi. Baraka stendi bilan xorijiy davlatlarning birinchi xonimlar, vazirlar va xalqaro ekspertlar tanishdilar.

Kundalik vazifalar uchun yangi interfeys

10-noyabrdan e’tiboran Baraka mobil ilovasi asosiy ekranning yangilangan dizayniga ega bo‘ladi. Yagona tasmali ko‘rinish o‘rniga interfeys ikkita rejimga bo‘linadi:

  • Moliya: balans, kartalar ro‘yxati, tranzaksiyalar tarixi va to‘lovlarga tezkor kirish tugmalarini (to’lovlar, o’tkazmalar va QR kod) bir joyga jamlaydi.
  • Ijtimoiy xizmatlar: to‘lovlar va imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar, arizalar topshirish hamda ularning maqomini kuzatish funksiyalarini o‘z ichiga oladi.

Bunday ajratish foydalanuvchilarni umumiy ro‘yxatdan kerakli funksiyalarni uzoq qidirish tashvishidan xalos etadi. Bundan tashqari, “Maxsus imkoniyatlar” bo‘limida “Zaif ko’ruvchilar rejimi” paydo bo‘ladi. Ushbu rejim orqali matn hajmini, kontrastlikni hamda yorug‘/qorong‘i mavzuni oldindan ko‘rish oynasida sozlash mumkin. Yangi parametrlar ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlarga Baraka ilovasidan yanada ishonchli foydalanishga yordam beradi.

«Raqamli servislar yoshi, salomatlik holati va hayotiy sharoitlaridan qat’i nazar, insonlarga kundalik vazifalarni mustaqil hal etish hamda zarur xizmatlarni olishda ko‘maklashishi biz uchun muhim. Maxsus qulayliklar — shunchaki qo‘shimcha funksiya emas, balki Baraka loyihasini ko‘pchilik uchun foydali qilish va davlat xizmatlaridan foydalanishdagi to‘siqlarni kamaytirish imkoniyatidir», — deb ta’kidladi Baraka loyiha offisi rahbari Rustamxon Azizov.

Servis ko‘lami haqida

Bugungi kunda Baraka kartasidan 1,8 milliondan ortiq kishi foydalanmoqda, har oy 500 mingdan ziyod foydalanuvchio‘z ijtimoiy to‘lovlarini ushbu kartaga qabul qilib oladi. Ilova orqali 80 dan ortiq ijtimoiy yordam turlari bo‘yicha ariza topshirish, 19 turdagi rasmiy hujjatlarni elektron ko‘rinishda rasmiylashtirish mumkin. Kartaning o‘zi esa 5 ta guvohnomani (jumladan, pensiya va talabalik guvohnomalarini) o‘rnini bosadi.

Karta Aloqabank va Xalq banki bilan hamkorlikda Visa to‘lov tizimi bazasida bosib chiqariladi. 16 ta ijtimoiy toifa vakillari uchun karta bepul chiqariladi.

Loyiha haqida batafsil: https://baraka.gov.uz/

 

 

Baraka иловасида янгиланиш: виртуал карта ва 6 та янги ижтимоий хизмат!

Baraka иловасида янгиланиш: виртуал карта ва 6 та янги ижтимоий хизмат!

Baraka иловаси фойдаланувчилар учун қулайлик яратиш ва рақамли ижтимоий хизматлар кўламини кенгайтиришда давом этади. Илованинг навбатдаги янгиланишида молиявий амалларни соддалаштирувчи функциялар ҳамда фойдаланувчилар  учун муҳим бўлган бир қатор янги ижтимоий имкониятлар тақдим этдик.

Иловага қўшилган асосий янгиликлар ва уларнинг афзалликлари билан танишинг.

Халқ банки фойдаланувчилари учун молия ва рўйхатдан ўтиш қулайликлари

Янгиланишда банк хизматларидан фойдаланиш жараёни янада тезкор ва қулай ҳолатга келтирдик:

Дарҳол виртуал карта очиш. Эндиликда Халқ банкини танлаган фойдаланувчилар жисмоний картани буюртма қилишдан олдин илованинг ўзида виртуал карта оча олишади. Бу имконият иловадан дарҳол фойдаланишни бошлаш имконини беради. Ҳозиргача бу фақа Алоқабанк орқали карта очишда амал қиларди.

Телефон рақамни тезкор янгилаш. Рўйхатдан ўтиш жараёнида Халқ банки телефон рақамини ўзгартириш ва янгилаш имконияти яратилди.

6 та янги ижтимоий тўлов ва ёрдам хизмати

Baraka иловаси орқали ижтимоий қўллаб-қувватлаш тизими яна ҳам осонлашди. Энди иловада қуйидаги 6 та янги ижтимоий тўлов ва ёрдамга ариза топширишингиз мумкин:

  1. Ногиронлиги бўлган шахслар учун спорт турлари бўйича йўлланма олиш учун ариза (бепул машғулотлар)
  2. Ногиронлиги бўлган шахсларни (1 ва 2-гуруҳ) ишга қабул қилувчи ташкилотлар учун бандликни қўллаб-қувватлаш ва субсидиялар олиш учун ариза
  3. Ногиронларни (1 ва 2-гуруҳ) ишга қабул қилган ташкилотлар учун уларнинг ишини мослаштириш учун субсидиялар олиш учун ариза
  4. 1-гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар учун транспорт воситаларини қайта жиҳозлаш бўйича компенсация олиш учун ариза
  5. Кундузги парваришлаш хизматлари ташкилотларига рухсатнома бериш учун ариза
  6. Болаларга кундузги парвариш хизмати кўрсатувчи ташкилотларга рухсатнома бериш учун ариза

Барча янгилик ва қулайликлардан тўлиқ фойдаланиш учун Baraka иловасини Play Market ёки App Store орқали янгиланг.

 

«Baraka» иловаси орқали спорт паспортидан фойдаланинг

“Baraka” иловаси орқали спорт паспортидан фойдаланинг

Энди спортчилар учун муҳим бўлган расмий ҳужжат — спорт паспортининг электрон шакли «Барака» иловасида мавжуд!

Жисмоний ҳужжатларни ўзингиз билан олиб юриш ва уларни йўқотиб қўйишдан хавотирланмасангиз ҳам бўлади. Энди барчаси Барака иловасига жойладик.

«Барака» иловасида спорт паспортини қандай топиш мумкин?

Иловадан фойдаланиш жуда оддий ва қулай. Электрон шаклни фаоллаштириш учун атиги 2 та қадамни бажаришингиз кифоя:

  1. «Ижтимоий идентификаторим» бўлимига киринг.
  2. «Ҳужжатларим» қисмидан спорт паспортингизнинг электрон шаклини юклаб олинг ва фойдаланинг.

Спорт паспорти нима ва у нима учун керак?

Спорт паспорти — бу ҳар бир профессионал ёки ҳаваскор спортчининг расмий рақамли ҳужжати ҳисобланади. У қуйидаги муҳим маълумотларни ўзида жамлайди ва тасдиқлайди:

  • Спорт муассасасига тегишлилигингизни;
  • Шуғулланаётган спорт турингизни;
  • Спорт малакангизни (разряд, унвонлар ва эришган натижаларингизни).

Ушбу ҳужжатнинг амал қилиш муддати 5 йилни ташкил этади ва у қуйидаги зарурий жараёнларда асосий восита бўлиб хизмат қилади:

  • Бир жисмоний тарбия ва спорт ташкилотидан бошқасига ўтиш жараёнида;
  • Турли спорт мусобақаларида иштирок этиш учун расмий рўйхатдан ўтишда;
  • Зарурий тиббий текширувлардан ўтиш вақтида;
  • Спорт унвонлари ва спорт разрядларини олиш учун талаб этиладиган меъёрлар ҳамда талабларнинг бажарилишини тасдиқлашда;
  • Қонунчилик ҳужжатларида белгиланган бошқа ҳолларда.

Спорт паспортини қандай олиш мумкин?

Агар сизда ҳали спорт паспорти бўлмаса, уни қуйидаги икки қулай усулнинг бири орқали расмийлаштириб олишингиз мумкин:

  1. Давлат хизматлари марказлари (ДХМ) орқали бевосита мурожаат қилган ҳолда;
  2. My.gov.uz портали орқали уйдан чиқмаган ҳолда онлайн тарзда.

Паспортни қўлга киритганингиздан сўнг, унинг рақамли версиясини дарҳол «Барака» иловасига улашингиз ва барча қулайликлардан фойдалана бошлашингиз мумкин.

Спортдаги ютуқларингизни ва фаолиятингизни яна ҳам осон бошқаринг! Ҳозирнинг ўзида «Барака» иловасини очинг ва спорт паспортингизнинг рақамли шаклини текшириб кўринг.

[Иловани юклаб олиш учун шу ерни босинг]

Қонунчиликдаги янгилик: Ҳомиладорлик ва касаллик нафақалари энди қандай тўланади?

Ўзбекистонда ҳомиладорлик ва касаллик нафақаларини тайинлаш ҳамда тўлашнинг янги тартиби жорий этилди. Эндиликда тўловлар “Барака” ижтимоий картаси орқали амалга оширилади.

Kun.uz янги тизимнинг асосий ўзгаришлари, нафақа олиш шартлари ва тўлов механизмини тушунтиради.

Батафсил:

АТТО тарифлари энди Барака картасида!

Жамоат транспортига Барака картаси орқали тўланг. Ва 1 соат ичида кейинги сафарлар учун АТТО билан бир хил нархлардан фойдланинг.

Барака картаси орқали жамоат транспортида йўл ҳақи тўлаганингизда, 1 соат ичида кейинги сафарлар учун АТТО билан бир хил тарифлардан фойдаланиш имконияти пайдо бўлди.

Масалан, Тошкент шаҳрида автобусларда 1 соат ичида:

  • 1-сафар: 1 700 сўм
  • 2-сафар: 700 сўм
  • 3-сафар: БЕПУЛ
  • 4-сафар: БЕПУЛ

 Эслатма: Тарифлар метрода ва вилоятлар бўйича бир-биридан фарқ қилади. Тўлиқ нархлар билан бу ерда танишишингиз мумкин.

Сизга яна бир янгилик, илгари айрим тоифадаги имтиёзга эга фуқаролар шаҳар транспортидан бепул фойдаланиши учун ижтимоий транспорт картаси олишган. Эндиликда бу фуқаролар махсус транспорт картаси ўрнига Baraka картасидан фойдаланадиган бўлди.

Жамоат транспортидаги АТТО терминалларига Baraka картасини теккизганингизда, тизим сизнинг имтиёзли тоифага мансублигингизни автоматик равишда аниқлайди ва йўл ҳақи учун маблағ ечиб олмайди.

Baraka картаси сизнинг жамоат транспортидан фойдаланишда имтиёзли шахс эканингизни тасдиқловчи ҳужжат вазифасини бажаради.

Бундай тоифага кирувчи фойдаланувчилар автобус ёки метрода Baraka картасини АТТО терминалига теккизсалар кифоя. Тизим фойдаланувчининг имтиёзли шахс эканини автоматик аниқлайди ва картадан маблағ ечилмайди.

Baraka картаси билан жамоат транспортидан бепул фойдаланувчиларнинг янгиланган рўйхати билан танишинг:

  • 1941—1945 йиллардаги уруш қатнашчилари жумласидан бўлган ҳарбий хизматчилар;
  • 1941 —1945 йиллардаги уруш ногиронлари ва уларга тенглаштирилган шахслар;
  • 1941—1945 йиллардаги уруш даврида фронт ортида фидокорона меҳнати ва бенуқсон ҳарбий хизмати учун орден ҳамда медаллар билан тақдирланган шахслар;
  • Афғонистон Республикасида ва бошқа мамлакатларнинг ҳудудидаги жанговар ҳаракатларда қатнашган собиқ байналмилалчи жангчилар жумласидан бўлган фуқаролар;
  • Чернобил АЭС ҳалокати оқибатида нурланиш касаллигига чалинган ва уни бошдан кечирган шахслар;
  • Ногиронлиги бўлган кўзи ожиз шахслар ва І гуруҳ ногиронлиги бўлган шахслар ҳамда уларга ҳамроҳлик қилувчи бир нафар шахс;
  • Ўзгалар парваришига муҳтож кексалар ва ногиронлиги бўлган шахслар, шунингдек, уларни кузатиб борувчи шахс.
  • «Ўзбекистон Республикаси фахрий донори» кўкрак нишони билан тақдирланган шахслар.

Нега жамоат транспортида айнан Баракадан фойдаланиш қулай?

 

Хотиржамлик.  Автобусга чиққанингизда “картамда пул борми-йўқми” деб саросимага тушмайсиз. Барака мобил иловасига кириб, балансингизни осонгина кўрасиз ва сафарингизни хотиржам давом эттирасиз.

Кўп функциялилик. Битта картанинг ўзи ҳам жамоат транспорти картаси, ҳам шахсингизни тасдиқловчи ҳужжат, ҳам ижтимоий тўловлар ва шахсий маблағларингизни хавфсиз сақловчи рақамли ҳамёндир!

Эски ижтимоий транспорт картангизни янги Baraka ижтимоий картасига алмаштиришни кечиктирманг. Барака мобил иловасини юклаб олинг, балансингизни назорат қилинг ва жамоат транспортида замонавий, тежамкор ҳамда бепул сафарлардан унумли фойдаланинг!