Yordam qaysi xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan?
1. Oziq-ovqat mahsulotlari;
2. Shaxsiy gigiyena tovarlari;
3. Uy-joy kommunal xizmatlar haqi (2-band).
Rad etish uchun qanday asoslar bor?
Faqatgina Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan tibbiy qarshi ko‘rsatmalar (ruhiy buzilishlar, yuqumli kasalliklar va h.k.) mavjud bo‘lgandagina rad etilishi mumkin.
Yordam ko‘rsatish shakllari qanday?
Faqat yashash emas, balki mobil (uyga borish), kunduzgi qatnov va qisqa muddatli stasionar (vaqtincha yashash) shakllari ham mavjud (Nizom, 49-band).
Markazda yashayotganlar pullik xizmat turini o‘zi tanlaydimi?
Ha. Pullik xizmat oluvchilar bazaviy xizmatlardan tashqari, qo‘shimcha reabilitatsiya va parvarish xizmatlarini shartnoma asosida o‘zlari tanlaydilar (Nizom, 37-band).
Bo‘sh o‘rinlar haqida qayerdan ma’lumot olsa bo‘ladi?
IQQMlardagi bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumotlar Agentlik saytida va "Ijtimoiy himoya" ATda real vaqt rejimida ko‘rinib turadi (Nizom, 5-band).
Markazga joylashish uchun qayerga borish kerak?
"Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilinadi yoki "Ijtimoiy himoya" AT portalidan elektron so‘rovnoma to‘ldiriladi (Nizom, 10-band).
Ijtimoiy reyestrdagilar uchun to‘lov qancha?
Ijtimoiy reyestrdagi oila a’zolari uchun xizmat haqi imtiyozli bo‘lib, ular narxning 20 foizini to‘laydilar (qolgan 80% davlat tomonidan qoplanadi) (Qaror, 3-band).
Qarindoshlari bor shaxslar qanday tartibda joylashadi?
Ular pullik shartnoma asosida joylashishlari mumkin. Bunda uzoq muddatli yoki qisqa muddatli stasionar xizmatlardan foydalanish imkoni bor.
Markazga kimlar bepul va doimiy yashash uchun qabul qilinadi?
Boquvchisi (1-darajali qarindoshlari) bo‘lmagan va o‘z nomida uyi yo‘q, o‘zgalar parvarishiga muhtoj ёлғиз кексалар ва ногиронлиги бўлган шахслаar (Nizom, 3-band).
Murojaatni ko‘rib chiqish muddati qancha?
Umumiy hisobda murojaat 7 ish kuni ichida to‘liq ko‘rib chiqiladi (2 kun "Inson" markazi + 5 kun Maxsus komissiya) (Nizom, 14, 17-bandlar).
Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-son qarori hamda Prezidentning PQ-410-son qarori.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari (IQQM) o‘zi nima?
Bular ilgarigi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari pansionatining yangi nomi va tizimidir (1-band).