Hujjatlar tiklangunga qadar bolalarning bog‘cha yoki maktabga borishi to‘xtab qoladimi?

Yo‘q, to‘xtamaydi. Hujjatlar tiklangunga qadar ham vakolatli organlarning yo‘llanmasi yoki dalolatnomasi asosida voyaga yetmagan farzandlar yaqin atrofdagi maktab yoki bog‘chaga vaqtinchalik majburiy joylashtiriladi.

Xizmat doirasida qanday amaliy yordam ko‘rsatiladi?

• Markazning huquqshunoslari va ijtimoiy xodimlari tegishli davlat idoralariga (DXM, FHDYo, IIB) so‘rovnomalar tayyorlaydi va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ayolga hamrohlik qiladi.

• Agar ayol boshpanada (shelterda) yashayotgan bo‘lsa, hujjatlarni shelterning o‘ziga olib kelib topshirishga ko‘maklashiladi.

Agar hujjatlar boshqa tuman yoki viloyatdan olingan bo‘lsa, ayol o‘sha yerga borishi shartmi?

Yo‘q, shart emas. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining FHDYo va IIB bazalari bilan integratsiyasi tufayli markaz xodimlari kerakli ma’lumotlarni elektron so‘rov orqali o‘zi turgan joydan turib oladi.

Xizmatdan kimlar foydalanishi mumkin? (Jismoniy shaxslar)

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari.