Bolaning hayotiga xavf tug‘ilganda yoki shoshilinch vaziyatlarda, barcha hujjatlar yig‘ilgunga qadar, bir ish kuni ichida bola vaqtincha vasiyga topshirilishi mumkin (4-ilova).
Vasiylik belgilash bepulmi?
Ha, vasiylik yoki homiylikni belgilash bo‘yicha davlat xizmati mutlaqo bepul ko‘rsatiladi (Qaror, 85-band).
Vasiy/homiy tayinlash haqidagi qarorni kim qabul qiladi?
2025-yil 1-fevraldan boshlab barcha qarorlar tuman (shahar) "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan qabul qilinadi (Hokimliklar vakolati tugatilgan).
Kimlar vasiy yoki homiy bo‘lishi mumkin?
Faqat voyaga yetgan, muomalaga layoqatli, sog‘lig‘i joyida bo‘lgan va sudlanmagan shaxslar. Birinchi navbatda bolaning yaqin qarindoshlariga ustunlik beriladi (1-ilova, 6-band).
Vasiylik belgilashda bolaning fikri inobatga olinadimi?
Ha, 10 yoshga to‘lgan bolaga vasiy yoki homiy tayinlashda uning roziligi majburiy hisoblanadi.
Vasiylik va homiylikning farqi nimada?
Vasiylik — 14 yoshga to‘lmagan bolalarga, homiylik esa — 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylikni belgilash muddati qancha?
Bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganligi aniqlangan kundan boshlab, unga vasiy tayinlash masalasi uzog‘i bilan bir oy davomida (shoshilinch holatda dastlabki vasiylik 3 kunda) yoki o‘rganish natijasida ko‘rib chiqiladi.
Karakalpak