Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar “Yoshlarga hamrohlik” dasturiga kiritiladi va 23 yoshga qadar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi (11-ilova).
Vasiylikni tugatish to‘g‘risidagi qarordan norozi bo‘lsa nima qilish kerak?
Manfaatdor shaxslar "Inson" markazining ushbu qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin (1-ilova, 7-band).
Vasiylik tugatilgach, bolaning mol-mulki nima bo‘ladi?
Vasiylik tugatilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida mol-mulkni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi. Izoh: bola vasiylikka berilganida bolaning mulki – uning shaxsiy egaligidagi mulki bo‘lib qoladi, vasiyning emas (1-ilova, 6-band).
Vasiy o‘z vazifasidan qanday hollarda ozod etiladi?
Bola ota-onasiga qaytarilganda, bola farzandlikka berilganda yoki vasiy sog‘lig‘i tufayli o‘z majburiyatini bajara olmaganida (4-ilova).
Vasiyni majburiy tartibda chetlatish mumkinmi?
Ha. Agar vasiy o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmasa, vasiylikni o‘z manfaati yo‘lida ishlatsa yoki bolani nazoratsiz qoldirsa, "Inson" markazi vasiyni chetlatadi.
Vasiylik qaysi hollarda o‘z-o‘zidan (avtomatik) tugatiladi?
Bola 18 yoshga (voyaga) yetganda (4-ilova, 34-band).
Vasiylikni tugatish haqida qaror qabul qilish muddati qancha?
Asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, vasiylikni tugatish haqidagi qaror bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi (4-ilova).
Karakalpak