Vaucher summasi ko‘mir narxidan kam bo‘lsa-chi?

Agar tanlangan mahsulot vaucher summasidan qimmat bo‘lsa, yordam oluvchi o‘rtadagi farqni o‘z hisobidan to‘lashi lozim (40-band).

Ko‘mirni qayerdan va qanday sotib olish mumkin?

"Ijtimoiy himoya" ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi orqali yordam oluvchi o‘zi tanlaydi (6, 24-bandlar).

Ko‘mir yoki yoqilg‘i vaucherini olish muddati qancha?

Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" qarori qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Yoqilg‘i vaucheri o‘zi nima?

Bu ko‘mir, o‘tin yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlarini davlat subsidiyasi hisobidan xarid qilish imkonini beruvchi, QR-kodli elektron hujjatdir (3-band).