Welfare Category: “Saxovat va koʻmak” jamg‘armasidan ko‘mir va yoqilg‘i mahsulotlari ta’minoti uchun vaucher

Xarid qanday tasdiqlanadi?

Ko‘mir uyga yetkazib berilgach, yordam oluvchi o‘z telefoniga kelgan SMS-tasdiq kodini sotuvchiga ma’lum qiladi va jarayon yakunlanadi (37-band).

Vaucher summasi ko‘mir narxidan kam bo‘lsa-chi?

Agar tanlangan mahsulot vaucher summasidan qimmat bo‘lsa, yordam oluvchi o‘rtadagi farqni o‘z hisobidan to‘lashi lozim (40-band).

Kimlar ushbu vaucherni olish huquqiga ega?

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar

Mahsulotlar uyga yetkazib beriladimi?

Ha. Sotuvchi (tadbirkor) ko‘mir yoki yoqilg‘i mahsulotlarini yordam oluvchining uyigacha yetkazib berishga mas’ul hisoblanadi (45-band).

Ko‘mirni qayerdan va qanday sotib olish mumkin?

«Ijtimoiy himoya» ATda avtorizatsiyadan o‘tgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi orqali yordam oluvchi o‘zi tanlaydi (6, 24-bandlar).

Vaucherning amal qilish muddati qancha?

Vaucher rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida amal qiladi. Shu muddat ichida mahsulotni xarid qilish shart (3-band).

Yoqilg‘i vaucheri o‘zi nima?

Bu ko‘mir, o‘tin yoki boshqa yoqilg‘i mahsulotlarini davlat subsidiyasi hisobidan xarid qilish imkonini beruvchi, QR-kodli elektron hujjatdir (3-band).

Ko‘mir yoki yoqilg‘i vaucherini olish muddati qancha?

Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va «Mahalla yettiligi» qarori qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Ushbu xizmatning huquqiy asosi nima?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori.