Kiyim-kechak uchun alohida cheklar (hisobot) topshiriladimi?

Yo‘q, mablag‘lar oylik nafaqa shaklida beriladi, biroq ijtimoiy xodim monitoring davomida bolaning ta'minotini tekshirib boradi (3-ilova).

Nafaqa miqdori qanday belgilanadi?

Bolalarni oilaga tarbiyaga olgan (patronat) tutingan ota-onalarga:
• Har bir tutingan bolaning parvarishi va ta’minoti xarajatlari uchun har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,5 baravari miqdorida;
• Tutingan bolalarga kiyim-bosh va poyabzal xarid qilish uchun yilda bir marotaba mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida mablag‘lar to‘lanadi;

Mablag‘lar kimning hisobidan to‘lanadi?

2025-yildan boshlab Ijtimoiy himoya milliy agentligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan (2-band).

To‘lovlar qanday shaklda amalga oshiriladi?

Tutingan ota-onalarning bank kartasiga yoki shaxsiy hisobvarag‘iga har oyda pul o‘tkazish yo‘li bilan.

To‘lovlar tarkibiga nimalar kiradi?

1. Bolaning parvarishi (oziq-ovqat va boshqa ta'minot) uchun har oylik to‘lov;
2. Bolani kiyim-bosh va poyabzal bilan ta’minlash xarajatlari (2-band).

Nafaqa (to‘lovlar) necha kunda tayinlanadi?

Bolani patronatga (tutingan oilaga) berish haqida shartnoma tuzilganidan so‘ng, to‘lovlarni rasmiylashtirish bir ish kuni davomida amalga oshiriladi.