Monitoring qanchalik tez-tez o‘tkaziladi?

Reyestrdagi shaxslar har 6 oyda kamida bir marotaba qayta monitoring (baholash)dan o‘tkaziladi.

«Ballar» tizimi qanday ishlaydi?

Baholashda 116 va undan yuqori ball to‘planishi muhtojlikni rad etishga asos bo‘ladi. Ball qancha past bo‘lsa, muhtojlik darajasi shuncha yuqori hisoblanadi.

Individual ijtimoiy xizmatlar rejasi nima?

Maqom berilgach tuziladigan maxsus yordam rejasi: tibbiy ko‘rik, bepul dori-darmon, uy-joyni moslashtirish, huquqiy va ijtimoiy yordamlar.

Qachon shaxs Reyestrdan chiqariladi?

O‘z xohishi bilan voz kechganda, parvarishlovchi shaxs paydo bo‘lganda, nogironlik guruhi bekor bo‘lganda yoki 1 oydan ortiq muddatga chet elga ketganda.

Yashash sharoitini kim baholaydi?

Multidissiplinar guruh: "Inson" markazi xodimi, oilaviy shifokor va mahalla raisi. Ular sog‘liq, moddiy holat va ijtimoiy faollikni o‘rganadi.

Murojaatni qanday shaklda berish mumkin?

Ijtimoiy xodim orqali (uyma-uy yurish), "Inson" markaziga bevosita yoki elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” AT orqali.

«Oferta» nima va u nima uchun kerak?

Bu shaxsning yashash sharoitini o‘rganishga bergan rasmiy roziligi (shartnomasi). Ijtimoiy xodim murojaatdan keyin 24 soat ichida u bilan tanishtiradi.

Xizmatning huquqiy asosi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament.

Xizmat ko‘rsatish muddati qancha?

Murojaat qilingan kundan boshlab barcha o‘rganishlar va yakuniy qaror qabul qilish 5 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Kimlar muhtoj shaxs deb e’tirof etiladi?

1. Yolg‘iz keksalar va nogironlar: Parvarishlovchi yaqinlari (farzand, ota-ona, turmush o‘rtoq) bo‘lmaganlar.
2. Yolg‘iz yashovchi keksalar va nogironlar: Yaqinlari bor, lekin ular bilan yashamaydigan yoki yaqinlari uzoq muddat davolanishda/qamoqda bo‘lganlar.