Qaysi holatlarda xizmat ko‘rsatish rad etiladi?

Agar shaxsda o‘tkir yuqumli kasalliklar, ruhiy buzilishlar yoki sil kasalligining faol bosqichi kabi qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa (4-band).

Kunduzgi qatnovda qanday xizmatlar ko‘rsatiladi?

Individual parvarishlash rejasiga muvofiq: reabilitatsiya, psixologik yordam, kasbga o‘rgatish (ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi) va madaniy tadbirlar.

Xizmatdan foydalanish uchun qanday majburiyat bor?

Shartnomada nazarda tutilgan kunlarda shaxsning o‘zi Markazga kelishi (qatnashi) talab etiladi (52-band).

Xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma tuziladimi?

Ha. Markaz va shaxs (yoki vakili) o‘rtasida xizmatlar turi, narxi va davomiyligi ko‘rsatilgan ikki yoki uch tomonlama shartnoma tuziladi (37-band).

Xizmat muddati qancha etib belgilangan?

Kunduzgi qatnov shaklida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlari bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rsatiladi (3-band).

Kunduzgi qatnov xizmati qayerda ko‘rsatiladi?

Agentlik tomonidan belgilangan kvotalar doirasida, faqat Markazlar joylashgan viloyat (shahar)da yashovchi shaxslarga ko‘rsatiladi.

Murojaat qanday tartibda beriladi?

Shaxs yoki uning qonuniy vakili bevosita "Inson" markaziga murojaat qiladi yoki "Ijtimoiy himoya" AT orqali elektron so‘rovnoma to‘ldiradi.

Kunduzgi qatnov shaklida kimlar pullik xizmatdan foydalana oladi?

Parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari bor keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar (shartnoma asosida).

Xizmat ko‘rsatish (murojaatni ko‘rib chiqish) muddati qancha?

Murojaatni o‘rganish, shaxsning muhtojligini baholash va qaror qabul qilish 7 ish kuni ichida amalga oshirilishi belgilangan.