Ha, agar bolaning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yo‘qolgan bo‘lsa, "Inson" markazi ularni tiklash yoki dastlabki tarzda olish choralarini ko‘radi (2-ilova, 13-band).
Bunday bolalarga nafaqa tayinlanadimi?
Ha, "Inson" markazi bolaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi yoki pensiya rasmiylashtirilishi ta’minlanishi uchun barcha hujjatlarni tayyorlaydi (1-ilova, 6-band "j" kichik bandi).
Bola qayerga joylashtiriladi?
Birinchi navbatda qarindoshlari oilasiga (vasiylik/homiylik), agar iloji bo‘lmasa tutingan (foster) oilaga joylashtiriladi (2-ilova, 8-band).
Bolaning mulkiy huquqlari qanday himoya qilinadi?
"Inson" markazi bedarak yo‘qolgan ota-onadan qolgan mol-mulkni but saqlash choralarini ko‘radi va notarial idoralarda bolaning manfaatlarini ifoda etadi (1-ilova, 6-band).
Sud organlarining bu jarayondagi majburiyati nima?
Sudlar shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish haqida qaror qabul qilganda, bu haqda 24 soat ichida "Inson" markaziga xabar berishi shart (2-ilova, 5-band).
Ota-onasi bedarak yo‘qolgan bolaga qanday maqom beriladi?
Agar har ikki ota va onasi rasman bedarak yo‘qolgan deb topilsa, bola rasman "ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola" deb e’tirof etiladi va "Ijtimoiy himoya" ATda ro‘yxatga olinadi (2-ilova, 13-band).
Ota-onani bedarak yo‘qolgan deb topish uchun kim sudga ariza beradi?
Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topishi mumkin. Buning uchun voyaga yetmaganning qonuniy vakili yohud ….Vasiylik va homiylik organi hisoblangan "Inson" markazi voyaga yetmagan bolaning manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza kiritadi (1-ilova, 6-band).
Karakalpak