3 sutka ichida ijtimoiy xodim ayol bilan suhbatlashadi. Agar ayol rozi bo‘lsa va unda chuqurlashtirilgan reabilitatsiyaga ehtiyoj bo‘lsa, u himoya orderi asosida Ayollarni reabilitatsiya qilish markaziga (shelterga) o‘tkaziladi (18-band).
Xizmat doirasida qanday yordamlar ko‘rsatiladi?
• Zudlik bilan birinchi tibbiy yorʻdam ko‘rsatiladi;
• Ruhshunos yoki psixiatr ko‘rigi tashkil etiladi;
• Bepul oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlanadi (15, 16-bandlar).
Birlamchi ko‘mak xonasida qancha muddat qolish mumkin?
Sog‘liqni tiklash va dastlabki xavfsizlikni ta’minlash uchun 3 sutkadan (72 soatdan) ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtiriladi (14-band).
Birlamchi ko‘mak xonasi qayerlarda tashkil etilgan?
Respublika bo‘yicha shoshilinch qabul bo‘limi mavjud bo‘lgan barcha shifoxonalarda tunu kun (24/7) ishlaydigan maxsus xonalar tashkil etilgan (1, 6-bandlar).
Karakalpak