Ish beruvchilar uchun

Davlat ijtimoiy sug'urtasi – qulay, sodda va ishonchli

Homiladorlik va tug'ish hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari endi elektron shaklda ortiqcha hujjatlarsiz Davlat ijtimoiy sug'urtasi tizimi orqali tayinlanadi va to'lanadi.

Ish beruvchi uchun asosiy afzalliklar

Homiladorlik va tug'ish nafaqasi

0 so'm

to'liq Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi hisobidan

Kasallik nafaqasi

5 kun

bir kalendar yilda faqat dastlabki 5 kun ish beruvchi hisobidan

Yangi tizim qanday ishlaydi?

Yangi tizim ish beruvchining moliyaviy yukini kamaytiradi hamda nafaqalarni tayinlash va to'lash jarayonini soddalashtirib, fuqarolar uchun qulay va shaffof mexanizm yaratadi.

Homiladorlik va tug'ish nafaqasi

Oldin

Nafaqa ish beruvchi mablag'lari hisobidan to'langan.

Hozir

Nafaqa to'liq Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Kasallik nafaqasi

Oldin

Nafaqa to'liq ish beruvchi hisobidan to'langan.

Hozir

Bir kalendar yilda dastlabki 5 kun ish beruvchi, 6-kundan boshlab Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi hisobidan to'lanadi.

Raqamli xizmatlar

Oldin

Qog'oz shakldagi kasallik varaqasi va qo'lda hisob-kitob.

Hozir

Elektron kasallik varaqasi, avtomatik hisob-kitob va proaktiv to'lov.

Ish beruvchi nimalarni bajarishi kerak?

Nafaqalarni tayinlash va to'lash jarayoni avtomatlashtirilgan. Ish beruvchidan faqat quyidagi majburiyatlarni o'z vaqtida bajarish talab etiladi.

Ma'lumotlarni o'z vaqtida kiriting

Xodimning ish haqi, mehnat faoliyati (ta'tillar to'g'risidagi buyruqlarni) va mehnat staji to'g'risidagi ma'lumotlarni Soliq qo'mitasi axborot tizimi hamda Yagona milliy mehnat tizimida (YMMT) o'z vaqtida va to'g'ri aks ettiring. Nafaqa aynan ushbu ma'lumotlar asosida hisoblanadi.

Dastlabki 5 kunni to'lang

Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik yuzaga kelganda bir kalendar yildagi dastlabki 5 kalendar kun uchun nafaqani ish beruvchi to'laydi. 6-kundan boshlab to'lov Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ixtiyoriy

Qo'shimcha to'lov (ixtiyoriy)

Nafaqa Jamg'arma tomonidan o'rtacha ish haqining MHTEKMning 10 baravarigacha bo'lgan qismidan hisoblanadi. Agar xodimning ish haqi belgilangan eng yuqori hisoblash miqdoridan yuqori bo'lsa, ish beruvchi o'z mablag'lari hisobidan qo'shimcha to'lovni amalga oshirishi mumkin.

Jarayon qanday ishlaydi?

Jarayon to'liq elektron va proaktiv tarzda amalga oshiriladi. Ish beruvchi ariza topshirmaydi va qo'shimcha hujjatlar taqdim etmaydi.

  1. 01
    Elektron varaqa ochiladi
    Shifokor elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtiradi.
  2. 02
    Ma'lumotlar yig'iladi
    Ijtimoiy sug'urta axborot modulida ish haqi, sug'urta staji va mehnat faoliyati haqidagi ma'lumotlar avtomatik aniqlanadi.
  3. 03
    Nafaqa hisoblanadi
    Tizim qonunchilik talablariga muvofiq nafaqa miqdorini avtomatik hisoblaydi.
  4. 04
    Qaror qabul qilinadi
    Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi tomonidan nafaqa tayinlanadi.
  5. 05
    Xabarnoma va to'lov
    Ish beruvchi va xodim avtomatik xabardor qilinadi, nafaqa belgilangan muddatlarda to'lab beriladi.

Ko'p beriladigan savollar

Buxgalter va HR mutaxassislari uchun.

The employer pays the benefit for the first 5 calendar days in a calendar year. From day 6, the State Social Insurance Fund pays it.

Aloqa va foydali havolalar

Buxgalter va HR mutaxassislari uchun aloqa kanallari va rasmiy manbalar.

Jamg'arma bilan bog'lanish uchun:

71-202-06-00

Call-markaz Dushanbadan Jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlaydi.