Ijtimoiy kartani qayta chiqarish bo‘yicha yo‘riqnoma

Baraka mobil ilovasi orqali mavjud kartani qayta chiqarish jarayoni to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, shaxsni tasdiqlash va qulay filialni tanlash imkonini beradi.

Jarayon yakunida xizmat haqi masofaviy to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Amallarning batafsil ketma-ketligi:

Step by step

  1. 1

    1-bosqich: Arizani shakllantirish

    Ilovaning asosiy menyusidagi "Kartalarim" bo‘limiga kiring.

    Ro‘yxatdan aynan Baraka kartasini tanlang.

    "Kartani qayta chiqarish" tugmasini bosib, ko‘rsatilgan shartlar bilan tanishib chiqing va "Keyingi" tugmasi orqali davom eting.

  2. 2

    2-bosqich: Shaxsni tasdiqlash (Identifikatsiya)

    Xavfsizlik talablariga muvofiq, biometrik identifikatsiyadan o‘ting.

    Tizim shaxsingizni tasdiqlashini kuting.

    Telefon raqamingizga yuborilgan OTP-kodni (bir martalik parol) kiriting.

  3. 3

    3-bosqich: Yetkazib berish va tekshirish

    Tayyor bo‘lgan kartani qabul qilib olishingiz uchun o‘zingizga eng yaqin yoki qulay bo‘lgan bank filiali manzilini belgilang.

    Kiritilgan barcha ma’lumotlarni qayta ko‘zdan kechirib, "Tasdiqlash" tugmasini bosing.

  4. 4

    4-bosqich: Xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish

    Arizangiz qabul qilingandan so‘ng, tizim tomonidan 9 xonali maxsus kod beriladi. To‘lovni quyidagi usullardan biri orqali bajarishingiz mumkin:

    Tashqi ilovalar orqali: Click, Paynet ilovalari yoki Paynet shoxobchalari yordamida (9 xonali kodni kiritish orqali).

    Baraka ilovasi orqali: To‘lov bo‘limiga o‘ting va to‘lov vositasi sifatida "Baraka"ni tanlang.

    Barcha ma’lumotlar avtomat tarzda ekranda aks etadi.
  5. 5

    5-bosqich: To'lovni amalga oshiring

    "To‘lash" tugmasini bosing.

    Eslatma: To‘lov muvaffaqiyatli yakunlangach, kartangiz ishlab chiqarishga yuboriladi va tanlangan filialda tayyor bo‘lganda sizga xabar beriladi.

Biz benen baylanısıń

Biz járdem beriwge tayarmız.

Baraka boyınsha sorawlar 1070
1070

Sociallıq Qorǵaw Milliy Agentliginiń isenim telefonı.

Kartańız boyınsha sorawlar

Kartańız boyınsha sorawlar

Qosımsha arqalı qońıraw etiw

Tiykarǵı menyude qulaqshın súwretlengen "Baylanıs" túymesin basıń. Soń "Qońıraw etiw" túymesin basıń.