Ha, 10 yoshga to‘lgan bolaga vasiy yoki homiy tayinlashda uning roziligi majburiy hisoblanadi (1-ilova).
Rasmiylashtirish uchun haq to‘lanadimi?
Yo‘q, vasiylik va homiylikni rasmiylashtirish bo‘yicha barcha davlat xizmatlari bepul ko‘rsatiladi.
Qaysi organ vasiylikni rasmiylashtiradi?
2025-yil 1-fevraldan tuman (shahar) hokimliklari vakolati tugatilib, vasiylikni rasmiylashtirish "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari qarori bilan amalga oshiriladi.
Vasiy/homiy bo‘lish uchun qanday hujjatlar kerak?
Ariza, sog‘lig‘i haqida xulosa va (agar farzandlikka olish bo‘lsa) tayyorlov kursi sertifikati. Qolgan ma'lumotlar (sudlanganlik, daromad, uy-joy) tizimdan avtomatik olinadi.
Vasiylikni rasmiylashtirishda ustunlik kimga beriladi?
Birinchi navbatda bolaning yaqin qarindoshlariga (bobo, buvi, aka-uka, opa-singil, amaki, amma, tog‘a, xola) ustunlik beriladi (1-ilova, 6-band).
Ariza qayerga va qanday topshiriladi?
Nomzodlar "Inson" markazlariga bevosita kelgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali onlayn murojaat qiladilar (3-band).
Vasiylikni rasmiylashtirish muddati qancha?
Shoshilinch hollarda (dastlabki vasiylik) hujjatlar bir ish kuni davomida rasmiylashtiriladi. Umumiy o‘rganish va vasiy tayinlash jarayoni tizim orqali tezkor amalga oshiriladi.
Karakalpak