Bunday holda yordam miqdori Jamg‘arma imkoniyatidan kelib chiqib qisman qoplanishi yoki navbat keyingi oylarga ko‘chirilishi mumkin (18-band).
Qaysi holatda kompensatsiya berish rad etiladi?
Agar shaxs ayni shu yer uchastkasini ijaraga olish uchun “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki bandlik jamg‘armalari orqali subsidiya olgan bo‘lsa (12-band).
Kimlar yer xaridi uchun kompensatsiya olishi mumkin?
"Temir daftar"dagi yoki o‘ta og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yerdan samarali foydalanib daromad topish istagida bo‘lgan, ijtimoiy xodim tomonidan keys-menejment asosida muhtoj deb topilgan shaxslar (4-5-bandlar).
Ushbu yordamning maqsadi nima?
Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi oilalarni daromad bilan ta'minlash maqsadida, ularga qishloq xo‘jaligi yoki tadbirkorlik uchun yer uchastkalarini auksion orqali ijaraga olish xarajatlarini qoplab berishdir.
Kompensatsiya olish muddati qancha?
Murojaat tushgan kundan boshlab, ijtimoiy xodim tomonidan o‘rganish va "Mahalla yettiligi" tomonidan yakuniy qaror qabul qilinishi 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Karakalpak