Karta buyurtma qilish
Ushbu yo‘riqnoma foydalanuvchilarga yangi bank kartasini masofaviy tarzda buyurtma qilish tartibini tushuntiradi. Jarayon bankni tanlash, xizmat ko‘rsatish nuqtasini belgilash va arizani tasdiqlash bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur xizmat bank filiallariga bormasdan turib so‘rov yuborish imkonini beradi va arizaning holati haqida foydalanuvchini masofaviy xabardor qilish tizimi bilan ta’minlangan.
Yangi bank kartasiga ega bo‘lish uchun quyidagi ketma-ketlikni bajaring:
Step by step
- 1
1-bosqich: Xizmatni tanlash
Ilovaning asosiy sahifasida yoki tegishli bo‘limda joylashgan “Karta buyurtma qilish” tugmasini bosing.

- 2
2-bosqich: Jarayonni boshlash
Ma’lumotlar bilan tanishib chiqib, davom etish uchun “Keyingi” tugmasini bosing.

- 3
3-bosqich: Bankni tanlash
Tizimda taklif etilayotgan hamkor banklar ro‘yxati bilan tanishib chiqing va o‘zingizga ma’qul bo‘lgan, shartlari sizga mos keladigan bankni tanlang.

- 4
4-bosqich: Filialni belgilash
Karta tayyor bo‘lgach, uni qabul qilib olishingiz uchun sizga eng yaqin yoki qulay bo‘lgan bank filialini ro‘yxatdan tanlang.
Tanlangan ma’lumotlar (bank va filial nomi) to‘g‘riligiga ishonch hosil qiling va “Keyingi” tugmasini bosing.

- 5
5-bosqich: Arizani yuborish
Barcha bosqichlar yakunlangach, so‘rovni rasmiylashtirish uchun “Tasdiqlash” tugmasini bosing.
- 6
6- bosqich. To‘lov usulini tanlash
Tasdiqlash tugmasi bosilgandan so‘ng, tizim avtomatik ravishda to‘lov bo‘limiga o‘tadi. Bu yerda sizga qulay bo‘lgan to‘lov vositasini tanlang:
Baraka kartasi yoki Uzcard/Humo bank kartalari;
Paynet, Click yoki Payme elektron to‘lov tizimlari.
Foydali maslahat: Agar qurilmangizda (telefoningizda) siz tanlagan to‘lov ilovasi (Click, Payme yoki Paynet) o‘rnatilgan bo‘lsa, tizim avtomatik ravishda ushbu ilovaga o‘tib, tayyor to‘lov hisobini ochadi.
Alternativ ravishda, ko‘rsatilgan maxsus 9 xonali ID raqamdan foydalanib PAYNET bankomatlari orqali ham naqd pulda to‘lov qilishingiz mumkin.

- 7
7-Bosqich. To‘lovni yakunlash
Ilova ichida to‘lov tafsilotlari va xizmat haqi (40 000 so‘m) aks etgan oyna ochiladi. To‘lovni amalga oshirish uchun shunchaki "To‘lash" tugmasini bosing.

- 8
8- bosiqch. Muvaffaqiyatli to‘lov statusi
To‘lov muvaffaqiyatli bajarilgandan so‘ng, ekranda yashil tasdiq belgisi bilan "To‘lov muvaffaqiyatli o‘tdi" xabari paydo bo‘ladi. Bu yerda siz:
Tafsilotlar va kvitansiya tugmasi orqali to‘lov chekini yuklab olishingiz;
Yopish tugmasini bosib, karta tayyor bo‘lish jarayonini kuzatishga o‘tishingiz mumkin.
Xabardor qilish Bank tomonidan karta emissiya qilingach (tayyor bo‘lgach), ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamingizga yoki ilova orqali sizga bildirishnoma yuboriladi.

Biz bilan bog‘laning
Biz yordam berishga tayyormiz.
Kartangiz bo‘yicha savollar
Kartangizni chiqargan bankka qo‘ng‘iroq qiling.
- Xalq Bank1106
- Aloqabank+998 71 230 77 77
Ilova orqali qo‘ng‘iroq qilish
Asosiy menyuda quloqchin tasvirlangan «Aloqa» tugmasini bosing. So‘ng «Qo‘ng‘iroq qilish» tugmasini bosing.
Karakalpak