Baraka

Baraka haqida

Ijtimoiy to‘lovlar va yordamlar uchun bitta karta va bitta ilova. Davlat sizga to‘laydigan pul — pensiya, nafaqalar, stipendiya — endi bitta kartaga tushadi. Bu karta Baraka ijtimoiy kartasi deb ataladi.

Baraka raqamlarda

1 000 000+

Baraka kartalari chiqarildi

70+

ilovadagi ijtimoiy to'lov va yordamlar soni

0%

kommunal va davlat to‘lovlari uchun komissiya

2

ta bank kartani chiqaradi: Xalq banki va Aloqabank

Siz uchun nima o‘zgaradi

Kamroq qog‘ozbozlik

Hujjat o‘rnida ko‘rsatasiz. Pasport (ID karta), pensiya guvohnomasi, talabalik guvohnomasi yoki nogironlik ma'lumotnomasini olib yurish shart emas. Bitta karta yetarli.

Pul kartangizga tushadi

Pensiya, nafaqalar va stipendiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartangizga tushadi

Xarid qilasiz.

Do‘kon, dorixona va bozorda kartani terminalga tekkizib to‘laysiz. Bankomatdan naqd pul yechasiz.

Baraka loyihasi kimniki?

Baraka — davlat loyihasi. Uni Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqaradi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi. Baraka loyihasini amalga oshiradi.

Xalq banki

Baraka kartalarini chiqaradi va karta egalariga xizmat ko‘rsatadi.

Aloqabank

Baraka kartalarini chiqaradi va karta egalariga xizmat ko‘rsatadi.