Baraka kartasi

Baraka qanday karta?

Baraka Visa kartasi – O'zbekistondagi yagona ijtimoiy karta. Sizning barcha ijtimoiy to’lov va yordamlaringiz faqat shu kartaga o’tkaziladi.

Kartada qanday imkoniyatlar bor?

Ijtimoiy yordam va maqomni tasdiqlaydi, transportda to'lov va shaxsiy hujjatlar o'rinini bosadi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy to‘lovlar faqat ijtimoiy kartalarga tushadi.
To‘lovlar

Qanday to'lovlar Baraka kartasiga o'tkaziladi?

Pensiya, nafaqa, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari va stipendiyalar shu kartaga tushadi.

  • Pensiya
  • Nafaqalar
  • Ijtimoiy sug‘urta
  • Stipendiya
Visa kartasi

Istalgan joyda to‘lov qiling

Do‘kon, dorixona va onlayn, mamlakat ichida va xorijda. Istalgan bankomatdan naqd pul yeching.

Ijtimoiy toifa

Maqomingizni tasdiqlaydi

Karta ijtimoiy toifangizni va davlat ijtimoiy yordamiga bo‘lgan huquqingizni ko‘rsatadi.

Ma’lumotnomalar

Qog‘oz ma’lumotnomalarsiz

Ular o‘rniga kartani ko‘rsating. U faqat sizga tegishli ma’lumotnomalar o‘rnini bosadi.

Transport

Avtobus va metro

To‘lash uchun kartani tekkizing. Yo‘l haqi imtiyozlari ham amal qiladi.

Sog‘liq

Protezlash va reabilitatsiya

Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya uchun yo‘llanmalar.

Qo‘shimcha

Chegirmalar va bonuslar

Sodiqlik dasturlari va davlat ijtimoiy muassasalaridan foydalanish imkoniyati.

Baraka ilovasi

Kartangizni boshqaring

Ilovada balans, to‘lovlar va karta sozlamalarini tekshiring.

Ikki shakl

Barcha fuqarolar ilovada BEPUL VIRTUAL karta oladi

Xohlasangiz, plastik kartani ilovada buyurtma qiling

Karta qancha muddat amal qiladi?

5 yil
O‘zbekiston fuqarolari uchun
ID-karta yoki pasportingiz muddatidan oshmaydi
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun

Kartani qaysi banklar chiqaradi?

Bugungi kunda karta ikki bank tomonidan chiqarilmoqda: Xalq banki va Aloqabank.

Keyingi Kartani qanday olish mumkin? Karta kimlarga bepul beriladi?