{"id":23705,"date":"2026-10-25T12:29:52","date_gmt":"2026-10-25T12:29:52","guid":{"rendered":"https:\/\/baraka.gov.uz\/2026\/10\/25\/baraka-servisi-ilovani-yangilamoqda-asosiy-ekranda-ikkita-rejim-va-maxsus-qulaylik-sozlamalari-paydo-boladi\/"},"modified":"2026-10-25T12:29:52","modified_gmt":"2026-10-25T12:29:52","slug":"baraka-servisi-ilovani-yangilamoqda-asosiy-ekranda-ikkita-rejim-va-maxsus-qulaylik-sozlamalari-paydo-boladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/2026\/10\/25\/baraka-servisi-ilovani-yangilamoqda-asosiy-ekranda-ikkita-rejim-va-maxsus-qulaylik-sozlamalari-paydo-boladi\/","title":{"rendered":"Baraka ilovasi yangilanmoqda: asosiy ekranda ikkita rejim va maxsus qulaylik sozlamalari paydo bo\u2018ladi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Baraka ilovasi yangilanmoqda: asosiy ekranda ikkita rejim va maxsus qulaylik sozlamalari paydo bo\u2018ladi<\/strong><\/p>\n<p><strong><em><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-13449\" src=\"https:\/\/baraka.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/1.webp\" alt=\"\" width=\"3451\" height=\"2161\" \/><br \/>\n<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>10.2026., Samarqand, O\u2018zbekiston<\/em><\/strong><em> \u2014 Baraka ilovaning yangilangan versiyasini taqdim etdi: 10-noyabrdan boshlab foydalanuvchilar uchun \u201cMoliya\u201d va \u201cIjtimoiy\u201d bo\u2018limlari paydo bo\u2019ladi, shuningdek, ko\u2018rish qobiliyati zaif bo\u2018lgan foydalanuvchilar uchun maxsus rejim joriy etiladi.<\/em><\/p>\n<p>Ushbu yangiliklar 21\u201322-oktabr kunlari Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tgan \u00abBolalar farovonligiga investitsiyalar\u00bb Butunjahon sammitida namoyish etildi. Baraka stendi bilan xorijiy davlatlarning birinchi xonimlar, vazirlar va xalqaro ekspertlar tanishdilar.<\/p>\n<p><strong>Kundalik vazifalar uchun yangi interfeys<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-13325\" src=\"https:\/\/baraka.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/uz1.png\" alt=\"\" width=\"900\" height=\"600\" \/><\/p>\n<p>10-noyabrdan e\u2019tiboran Baraka mobil ilovasi asosiy ekranning yangilangan dizayniga ega bo\u2018ladi. Yagona tasmali ko\u2018rinish o\u2018rniga interfeys ikkita rejimga bo\u2018linadi:<\/p>\n<ul>\n<li><strong>Moliya: <\/strong>balans, kartalar ro\u2018yxati, tranzaksiyalar tarixi va to\u2018lovlarga tezkor kirish tugmalarini (to\u2019lovlar, o\u2019tkazmalar va QR kod) bir joyga jamlaydi.<\/li>\n<li><strong style=\"font-family: Georgia, 'Times New Roman', 'Bitstream Charter', Times, serif;\">Ijtimoiy xizmatlar: <\/strong>to\u2018lovlar va imtiyozlar haqidagi ma\u2019lumotlar, arizalar topshirish hamda ularning maqomini kuzatish funksiyalarini o\u2018z ichiga oladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Bunday ajratish foydalanuvchilarni umumiy ro\u2018yxatdan kerakli funksiyalarni uzoq qidirish tashvishidan xalos etadi. Bundan tashqari, \u201cMaxsus imkoniyatlar\u201d <\/strong>bo\u2018limida \u201c<strong>Zaif ko\u2019ruvchilar rejimi\u201d <\/strong>paydo bo\u2018ladi. Ushbu rejim orqali matn hajmini, kontrastlikni hamda yorug\u2018\/qorong\u2018i mavzuni oldindan ko\u2018rish oynasida sozlash mumkin. Yangi parametrlar ko\u2018rish qobiliyati cheklangan insonlarga Baraka ilovasidan yanada ishonchli foydalanishga yordam beradi.<\/p>\n<p><em><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-13444\" src=\"https:\/\/baraka.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/2.webp\" alt=\"\" width=\"3451\" height=\"2161\" \/><\/em><\/p>\n<p><em>\u00abRaqamli servislar yoshi, salomatlik holati va hayotiy sharoitlaridan qat\u2019i nazar, insonlarga kundalik vazifalarni mustaqil hal etish hamda zarur xizmatlarni olishda ko\u2018maklashishi biz uchun muhim. Maxsus qulayliklar \u2014 shunchaki qo\u2018shimcha funksiya emas, balki Baraka loyihasini ko\u2018pchilik uchun foydali qilish va davlat xizmatlaridan foydalanishdagi to\u2018siqlarni kamaytirish imkoniyatidir\u00bb, \u2014 <\/em>deb ta\u2019kidladi Baraka loyiha offisi rahbari Rustamxon Azizov.<\/p>\n<p><strong>Servis ko\u2018lami haqida<\/strong><\/p>\n<p>Bugungi kunda Baraka kartasidan <strong>1,8 milliondan ortiq kishi<\/strong> foydalanmoqda, har oy <strong>500 mingdan ziyod foydalanuvchi<\/strong>o\u2018z ijtimoiy to\u2018lovlarini ushbu kartaga qabul qilib oladi. Ilova orqali <strong>80 dan ortiq ijtimoiy yordam turlari<\/strong> bo\u2018yicha ariza topshirish, <strong>19 turdagi rasmiy hujjatlarni<\/strong> elektron ko\u2018rinishda rasmiylashtirish mumkin. Kartaning o\u2018zi esa 5 ta guvohnomani (jumladan, pensiya va talabalik guvohnomalarini) o\u2018rnini bosadi.<\/p>\n<p>Karta Aloqabank va Xalq banki bilan hamkorlikda Visa to\u2018lov tizimi bazasida bosib chiqariladi. 16 ta ijtimoiy toifa vakillari uchun karta bepul chiqariladi.<\/p>\n<p><strong>Loyiha haqida batafs<\/strong><strong>il:<\/strong> <a href=\"https:\/\/baraka.gov.uz\/ru\/\">https:\/\/baraka.gov.uz\/<\/a><\/p>\n<p><strong><em><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-13434\" src=\"https:\/\/baraka.gov.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/Artboard-8.webp\" alt=\"\" width=\"3451\" height=\"2161\" \/><\/em><\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Baraka ilovasi yangilanmoqda: asosiy ekranda ikkita rejim va maxsus qulaylik sozlamalari paydo bo\u2018ladi 10.2026., Samarqand, O\u2018zbekiston \u2014 Baraka ilovaning yangilangan versiyasini taqdim etdi: 10-noyabrdan boshlab foydalanuvchilar uchun \u201cMoliya\u201d va \u201cIjtimoiy\u201d bo\u2018limlari paydo bo\u2019ladi, shuningdek, ko\u2018rish qobiliyati zaif bo\u2018lgan foydalanuvchilar uchun maxsus rejim joriy etiladi. Ushbu yangiliklar 21\u201322-oktabr kunlari Samarqandda bo\u2018lib o\u2018tgan \u00abBolalar farovonligiga investitsiyalar\u00bb Butunjahon [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":23706,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"_acf_changed":false,"footnotes":""},"categories":[218],"tags":[],"class_list":["post-23705","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-218"],"acf":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23705","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=23705"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/23705\/revisions"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/23706"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=23705"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=23705"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/baraka.gov.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=23705"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}