70dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamga Baraka ilovasidan ariza topshiring!
12.02.2026
Endi Baraka ilovangiz orqali 70 dan ortiq ijtimoiy xizmat va yordamga ariza jo’nata olasiz. Eng muhimi, arizangiz holati va natijasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova ichida kuzatasiz. Buning uchun ilovaga “Mening arizalarim” bo‘limini qo’shdik.
Raqamli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida, Baraka ilovasiga yana bir qulaylik qo’shdik. Bu bilan nafaqat ariza topshirish jarayonini soddalashtirdik, balki foydalanuvchilarga o‘z murojaatlari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish imkonini beruvchi “Mening arizalarim” bo‘limini ham qo’shdik.
Arizani qanday topshirasiz?
- Ijtimoiy yordam yoki xizmatga murojaat qilish jarayoni maksimal darajada qulaylashtirilgan:
- Imtiyozlarni tanlash: Ilovaning asosiy menyusidagi “Imtiyozlarim” bo‘limiga o‘ting.
- Xizmatni topish: “Ariza topshirish” tugmasini bosing va ro‘yxatdan o‘zingizga kerakli ijtimoiy xizmatni tanlang.
- Ma’lumotlarni kiritish: So‘ralgan zarur ma’lumotlarni to‘ldiring va “Davom etish” tugmasini bosing.
- Tasdiqlash: Ekranda “Arizangiz qabul qilindi” yozuvi paydo bo‘ladi – bu sizning murojaatingiz tizimga muvaffaqiyatli kiritilganini bildiradi.
“Mening arizalarim” bo‘limi
Ilovaga qo‘shilgan yangi bo‘lim orqali foydalanuvchilarimiz har bir topshirilgan arizaning holatini (ko‘rib chiqilmoqda, tasdiqlandi yoki rad etildi) va yakuniy natijasini masofadan turib kuzatib borishlari mumkin. Bu turli idoralarga borish va ortiqcha vaqt sarflash zaruriyatini yo‘qotadi.
Bizga 6 000 dan ortiq mijoz ishonch bildirdi
Bugungi kunga kelib, 6 mingdan ortiq faol foydalanuvchi o‘z ijtimoiy xizmat va yoprdamlarga arizasini Baraka ilovasiga ishonib topshirmoqda. 70 dan ortiq xizmat turlarining mavjudligi esa jamiyatning barcha qatlamlari uchun zarur yordamni qamrab olish imkonini beradi.
Bizning maqsadimiz — ijtimoiy himoyani har bir fuqaro uchun ochiq, shaffof va eng asosiysi, bir necha soniyada erishish mumkin bo’lgan xizmatga aylantirishdir.
Baraka jamoasi ilovani yanada takomillashtirish va xizmatlar sonini oshirishda davom etadi. Ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishni hoziroq boshlash uchun Baraka ilovasini yuklab oling!
Baraka — ijtimoiy xizmatlar endi yanada yaqin!