Baraka ilovasi to‘liq yangilandi: yangi dizayn, zaif ko‘ruvchilar uchun yirik harflar, ish topish platformasi va boshqalar
Baraka ilovasi to‘liq yangilandi: yangi dizayn, zaif ko‘ruvchilar uchun yirik harflar, ish topish platformasi va boshqalar
Ilovani qaytadan dizayn qildik: zaif ko‘ruvchilar uchun yirik harflar, ish topish platformasi, Tez QR, karta chiqarilish jarayonini kuzatish, kirim-chiqim hisobotini ko‘rish, ATTO QR bilan integratsiya kabi muhim imkoniyatlar qo‘shdik. Bundan tashqari, endi ilovani Huawei AppGallery platformasidan ham yuklab olishingiz mumkin bo‘ldi.
Yangilanishdagi asosiy imkoniyat va xizmatlar bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Yangilangan dizayn va interfeys
Ilova interfeysi to‘liq qayta ishlab chiqildi. Asosiy ekran endi ikki asosiy bo‘limdan iborat bo‘ladi.
- Moliyaviy: balans, kartalar ro‘yxati, tranzaksiyalar tarixi va to‘lovlarga tezkor kirish tugmalarini (to‘lovlar, o‘tkazmalar va QR kod) bir joyga jamlaydi.
- Ijtimoiy: to‘lovlar va imtiyozlar haqidagi ma’lumotlar, arizalar topshirish hamda ularning maqomini kuzatish funksiyalarini o‘z ichiga oladi.
Bunday ajratish foydalanuvchilarning umumiy ro‘yxatdan kerakli funksiyalarni uzoq qidirib vaqt sarflashining oldini oladi. Bundan tashqari, “Maxsus imkoniyatlar” bo‘limida “Zaif ko‘ruvchilar rejimi” paydo bo‘ladi. Ushbu rejim orqali matn hajmini, kontrastni hamda yorug‘/qorong‘i mavzuni oldindan ko‘rish oynasida sozlash mumkin. Yangi parametrlar ko‘rish qobiliyati cheklangan insonlarga Baraka ilovasidan qulay foydalanishga yordam beradi.
Xarajatlar va daromadlar tahlili
Asosiy ekrandagi “Moliyaviy” bo‘limida daromad va chiqimlaringizni nazorat qila olasiz. Sizga o‘tkazilgan barcha ijtimoiy to‘lovlar, oylik va boshqa daromadlar, amalga oshirilgan xarajatlar toifalarga bo‘lingan holda ko‘rinadi.
Ijtimoiy to‘lovlaringiz haqida push-bildirishnomalar
Yangi bildirishnomalar markazi tizim xabarlarini real vaqtda to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizga yetkazadi. Ijtimoiy to‘lovlaringiz tushishi va boshqa muhim e’lonlardan darhol xabardor bo‘lasiz.
ATTO QR orqali transport uchun to‘lov
Endi jamoat transporti uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri Baraka ilovasida ATTO QR kodi orqali ham yo‘l haqi to‘lashingiz mumkin:
Avtobus va metroda skanerlash: avtobuslar va metro bekatlaridagi statik QR kodlarni telefon kamerasi bilan skanerlab, yo‘l haqini tez to‘lang.
Muhim! QR kod orqali ATTO terminallariga to‘lov qilganingizda hech qanday tarif amal qilmaydi, joriy tartibdagi 2500 so‘mlik yo‘l haqi yechib olinadi.
Toifani yangilash tugmasi
- Baraka kartangiz bilan to‘lov qilganingizda, barcha ATTO imtiyozlari, jumladan, boshqa transportga o‘tishdagi chegirmalar va imtiyozli tariflar o‘z kuchida qoladi.
- Agar ATTO terminallari imtiyozlaringizni tanimasa, Baraka ilovasidagi «Karta ma’lumotlari» bo‘limini oching va ATTO tugmasini bosing.
- Ilova sizning imtiyozga ega ekanligingizni tekshiradi va transport tarifini avtomatik ravishda yangilaydi.
Ish topish platformasi
Aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilovaga ish o‘rinlari bo‘limi qo‘shildi. Fuqarolar bo‘sh ish o‘rinlarini qidirishi, ijtimoiy bandlik dasturlari talablari bilan tanishishi va arizani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali yuborishi mumkin.
Tez QR bilan integratsiya
Baraka to‘lov tizimiga milliy Tez QR standarti integratsiya qilindi. Foydalanuvchilar O‘zbekiston bo‘ylab ushbu tizimga ulangan savdo nuqtalari, do‘konlar va xizmat ko‘rsatuvchilarda plastik kartasiz to‘lov qilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, bungacha Baraka ilovasiga Xolis va UzQR to‘lov tizimlari integratsiya qilingan edi.
Karta yetkazib berilishini kuzatish
Aloqabank va Xalq banki tomonidan chiqariladigan plastik Baraka Visa kartasiga buyurtma bergan fuqarolar endi ilovada uning yetkazib berilishini kuzatishi mumkin. Karta egalari buyurtmani qayta ishlash va chop etishdan tortib, hududiy filialga yetib kelishigacha bo‘lgan har bir bosqichni kuzatib boradi.
Endi Huawei AppGallery’da ham
Ilova butun mamlakat bo‘ylab ko‘proq foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lishi maqsadida Google Play va Apple App Store bilan cheklanib qolmaydi. Endi Huawei qurilmalari egalari rasmiy ilovani to‘g‘ridan-to‘g‘ri Huawei AppGallery orqali yuklab olishi, yangilashi va boshqarishi mumkin.
Karakalpak